Xalqaro aloqalar bo‘limi

  MAMADJANOVA ELNORA ULMASOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: San’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (09:00-15:00)
Tel.: +99871 244-53-20
E-mail: elnora_m0808@mail.ru

 

Konservatoriya bilan hamkorlik qilish doirasida 100 ga yaqin xorijiy mehmonlar: madaniyat va san’at arboblari, xorijiy o‘quv muassasalari vakillari, rasmiy va norasmiy tashkilotlar rahbarlari O‘zDKga tashrif buyurishdi (Latviya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Frantsiya, Malayziya, Germaniya, Ozarbayjon, Hindiston, Shvetsariya). Shu jumladan yirik tadbirlar o‘tqazildi-kontsertlar, maxorat darslari, konferentsiyalar.

Xorijiy davlatlarning elchixonalari va boshqa tashkilotlar va dasturlar doirasida ishlash rejalashtirilgan va 2015-2017 yilda bir qator musiqiy akademiya va konservatoriyalar bilan imzolangan ijodiy xamkorlik bo‘yicha shartnomalar  asosida  2017-2018 yilda ishni amalga   oshirish rejalashtirilgan : Latviya musiqiy akademiyasi, Qozog‘iston san’at milliy    universiteti, Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi, Santa-Chechiliya musiqa konservatoriyasi, Janubiy Koreya musiqa ta’lim jamoasi, Belorussiya davlat musiqa akademiyasi bilan, Xitoy Xalq Respublikasi Daulin san’at kolleji, Xitoy Xalq Respublikasi Kashgar universiteti, Ozerbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti, Qurmang‘azы nomidagi Qozog‘izston milliy konservatoriyasi P.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi (Rossiya).