VOKAL VA CHOLG’U IJROCHILIGI PEDAGOGLARI TAYYORLASH KAFEDRASI

ABDUGAPPAROV  ABDUFATTOX
Ilmiy darajasi va unvoni: Dotsent
Lavozimi:  Kafedra mudiri v.b
Qabul vaqtlari: Seshanba – Juma soat 14:00dan 16:00gacha
Tel.: +99898-310-50-44
E-mail: Abdugapparov65@gmail.ru

Kafedra haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3178-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi” Konservatoriyaning asosiy kvotasiga qo‘shimcha ravishda, 2018/ 2019 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagoglar kadrlar tayyorlash kvotasini iqtisodiyotning real sektori talab va ehtiyojni o‘rgangan holda viloyatlar kesimida maqsadli shakllantirish vazifalari belgilab berilgan.

Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash kafedrasi 2018-2019 o‘quv yilida tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 5111100 – kasb ta’limi, 5150700 – ijrochilik san’ati (turlari bo‘yicha) va 5150600 –vokal san’ati (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari negizida boshladi.

Kafedrada 6 nafar asosiy shtat birligi asosida, o‘rindosh sifatida 7 nafar professor-o‘qituvchilar va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat olib boradilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari auditoriyadan tashqari vaqtda konservatoriya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashadilar. Ular talabalar bilan birgalikda “Uztoz va murabbiylar kuni” va O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga bag‘ishlangan konsert  hamda “Navruz” bayrami, “Xotira va qadrlash kuni” tadbirlaridafaol ishtirok etib, davra suhbatlari olib boradilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari shaxsiy ish rejasida asosan  ijarada turuvchi talabalar yashash joylariga tashrif, talabalar ota-onalari bilan bo‘ladigan turli uchrashuvlarni tashkil etish va guruh rahbarlik uchun “Ma’naviyat kunlari” va “Axborot soatlari”ni tashkil etish kabi faoliyatlar ham tashkil qilinadi

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Halilov Maruf Abbosovich-katta o‘qituvchi
  2. Igamberdieva Gullola Abduvoxidovna –  katta o‘qituvchi
  3. Begmatov Akmal Qaimjonovich – o‘qituvchi
  4. Abdullaev Lochinbek Tolibovich–o‘qituvchi
  5. Isaev Ulug‘bek Zairovich – o‘qituvchi
  6. Hamidova Umidaxon Xabibullaevna- o‘qituvchi