Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga  muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadidaO‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosiga ko‘ra barcha oliy ta’lim muassasalarida  “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim”lari 2018 yilning yanvaridan o‘z faoliyatlarini boshladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi”3 ta shtat(1ta bo‘lim boshlig‘i, 2 ta bosh mutaxassis) birligida o‘z faoliyatini tasdiqlanganNizomi va 2018 yil I chorak uchun tayyorlangan ish rejasi asosida tashkil etmoqda.

Bo‘limning asosiy maqsadi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari bilimlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, O‘zDKni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi professor-o‘qituvchilar va talabalardan musiqa ta’limi sohasida ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini yozma, og‘zaki shaklda bo‘limga taqdim etib borishlaringizni so‘raydi.

 

 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi”va “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” hamkorligida ERASMUS+Milliy ofici (NEO) haftaligi doirasida  2018 yil 18 may kuni ERASMUS+ MALAKA OShIRISh IMKONIYaTLARI mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda

     Seminarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi pedagog xodimlari, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar va magistrlar ishtirok etishdi.

ERASMUS+ dasturi –ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolatga yetkazish va sportni rivojlantirish  sohalari bo‘yicha 2014-202 yillar uchun mo‘ljallangan yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturni bugshungi kundagi holati bo‘yicha ishtirokchilarga to‘liq ma’lumot berildi.

Bugungi seminar kun tartibiga kiritilgan quyidagi asosiy jihatlarga e’tiborni qaratishdi:

Yevropa hamkor universitetida qisqa muddatli ta’lim olish, doktorantura va magistraturada to‘liq ta’lim va diplom olish, OTM professor-o‘vituvchilar uchun dars berish va ilmiy tadqiqod olib borish bo‘yicha mavjud  imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berish;

Erasmus+ dasturining individual ishtirokchilari uchun imkoniyatlar, Xalqaro kredit mobilligi (ISM) yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni tayyorlash, ma’lumot olish va ishtirok etish

Erasmus Mundus va Kredit Mobilligi loyihalari bitiruvchilarining foydali ta’lim tajribalari bilan tanishtirish;

Ma’lumot izlash, ta’lim olish uchun talabnomalarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha amaliy maslahat va tavsiyalar taqdim qilish kabi mavzular yuzasidan ishtirokchilarga to‘liq ma’lumotlar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berilib, hamkorlikda ilmiy loyihg‘alar ustida ishlash bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.