Talabalar turar joyi

  KUSHAKOV RAVSHAN TURDIMURADOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi: T.T.J  Mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (9:00-18:00)
Tel.: +99871 227-11-57
E-mail:

O’zbekiston davlat konservatoriyasining “talabalar turar joyi” to’g’risidagi nizomi

Umumiy qoidalar:

Ushbu “Nizom” 2005 – yil 9 – apreldagi “Milliy Istiqlol g’oyasi – asosiy tushuncha va tamoyillari fani bo’yicha” mahsus metadalogik komissiya qarori hamda OOMTV ning 2005 – yil 18 – maydagi 107 – sonli “Oliy va o’rta mahsus, kasb hunar ta’lim muassasalarida milliy istiqlol g’oyasini talabalar onggiga singdirish, ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi hamda O’zRes Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2006 – yil 12 – yanvardagi 11 – sonli buyrug’i ilovasida keltirilgan “Nizom” ga asoslanib ishlab chiqildi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasiga uzoq shahar va viloyatlardan kelib ta’lim olayotgan talabalarni va taqiqot ishlari olib borayotgan aspirantlarni vaqtincha yashash joyi bilan taminlash maqsadida “Talabalar turar joyi” tashkil etilgan.

O’zbekiston davlat konservatoriyasiga qarashli talabalar turar joyi Olmazor tumani talabalar shaharchasi hududida joylashgan bo’lib 224 ta talabaga mo’ljallangan. Talabalar turar joyiga joylashish uchun talabalar tomonidan yotoqxonaga joylashish to’g’risidagi arizalarni Ozbekiston davlat konservatoriyasi Rektori tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari ko’rib chiqib bosqichma-bosqich joylashtirish ishlari amalga oshiriladi.

  1. Ko’zi ojiz, chin yetim va 1 guruh nogironlari.
  2. Viloyatlardan kelgan barcha 1 – bosqich talabalari.
  3. Xorijdan kelgan talabalar.
  4. Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan hamda nomdor stipendiya sohiblari.

Talabalar turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari.

TTJ da yashovchilarning huquqlari quyidagilardan iborat:

  • O’ziga ajratilgan xonada o’rnatilgan ichki tartib – qoidalarga rioya qilgan holda yashash;
  • TTJ binolaridagi madaniy – maishiy jixozlardan foydalanish;
  • Foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz mebel va mulklarni tamirlash, yangilash hamda maishiy hizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so’rab rahbariyatga murojaat qilish;
  • TTJ da o’tkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
  • Talabalar kengashining a’zolarini saylash va unga saylanish;

Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi

  • Ichki tartib qoidalarga qat’iy amal qilish;
  • Ma’muriyat bilan tuzilgan o’zaro masuliyat to’g’risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;
  • Navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, dam olish joylarida namumali tozalikni taminlash;
  • Gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
  • Yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini saramjon tutish;
  • Xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo’lish;
  • Qavat sardorlari talabalar kengashi raisi topshiriqlarini bajarish;
  • TTJ va xonadagi mebellarni deraza va unga qo’yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini TTJ kamendantining ruhsatisiz almashtirmaslik;
  • Jadval bo’yicha navbatchlik qilish, belgilangan muddatda umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, yuvinish xonalari, oshxonalar va boshqalar) tozalash, maishiy chiqindilarni mahsus belgilangan joylarga o’z vaqtida chiqarib tashlash;
  • TTJ da o’tkaziladigan hashar, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam faol qatnashish;
  • TTJ dan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishgi ta’tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona kalitini TTJ kamendantiga topshirish;
  • Bitiruv malakaviy ishlarini tugallagandan so’ng yoki konservatoriyadan jetlashtirish to’g’risidagi buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jighozlarni bir hafta muddat ichida TTJ kamendantiga topshirish;
  • TTJ dagi yashash xonalari va zallarida mahsus oyoq kiyimi – tapochkalarda yurish;

 

Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi

 

  • TTJ kamendantinig ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko’chib o’tish;
  • Yashash xonasida kir yuvish;
  • Xonadagi anjomlarni boshda xonaga ruhsatsiz ko’chirish;
  • Xonadagi elektr tarmoqlarini o’z xohishicha o’zgartirish va qo’shimcha yoritgich o’rnatish;
  • Devorlarga turli rasmlar chizish har xil qog’ozlar yopishtirish;
  • Ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozni xona tashqarisidan yuqori eshitilishi, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;
  • Elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
  • Begona odamga tunab qolish uchun joy berish;
  • Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni saqlash va sotish taqiqlanadi.

 

Talabalar turar joyida o’quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar reja asosida o’tkazib boriladi

O’zbekiston davlat konservatoriyasi talabalar turar joyining yangi o’quv yili davomida ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazilishi to’g’risida reja ishlab chiqilgan. Jumladan:

  • sentabr – oktabr oylarida talabarni TTJ ga joylashtirish;
  • TTJ da talabalar kengashi tarkibini va talabalar kengashi raisini saylash;
  • Talabalar kengashi tomonidan hafta davomida kengaytirilgan tartibda yig’ilishlar o’tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
  • O’zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori, bo’lim boshlig’i, o’qituvchi va professorlar, yoshlar ittifoqi a’zolari, “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimiyati, ichki ishlar bosharmasi hodimlari bilan birgalikda o’quv yili davomida bir qancha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tqazib boriladi: “Diniy ekstrimizm va terorizm” ga qarshi kurash g’oyalari haqida, spotr musobaqalari, konstitutsiyamizning 25 – yilligi munosabati bn “Siz qonunni bilasizmi”, “Yoshlarning huquq va burchlari” mavzularida uchrashuvlar, 14 – yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlab, “Vatan himoyasi eng muqaddas burch” shiori ostida davra suhbati, buyuk mutafakkir shoirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlarini nishonlab mushoira kechasini o’tkazish, talabalar o’rtasida “eng namunaliqavat, eng namunali xona” naminatsiyalari bo’yicha tanlov o’tkazish, “8 – mart Xotin qizlar kuni” umum xalq bayramini keng nishollash bundan tashqari “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan Sumalak sayli, milliy taomlar tanlovi, sport musobaqalari va konsert dasturini o’tkazish.