Tahririy nashriyot bo‘limi

  KARIMOVA GULCHEHRA ABDUKARIMOVNA
Lavozimi: Tahririy nashriyot bo‘limi muxarriri
Qabul vaqtlari: Har kuni (11:00-16:00)
Tel.: (0371) 244-94-50
E-mail: navouzbek@mail.ru

 

Tahririy-nashriyot bo‘limi xaqida

Tahririy nashriyot bo‘limi institutning asosiy tarkibiy bo‘limi bo‘lib, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida faoliyat yuritadi. Bo‘lim tahririyat va nashriyot sohasida olib borilayotgan va bu sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Bo‘lim tarkibiy bo‘linmalari, ularning Nizomi va shtat jadvallari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tavsiyasiga muvofiq institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Tahririy-nashriyot bo‘limining asosiy maqsadi va vazifalari

San’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi madaniy-ma’rifiy, san’at va madaniyatga oid mavzuidagi yangiliklar, risolalar, o‘quv adabiyotlar, institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, sport tadbirlari haqidagi maqolalarni tahrir qilib, chop etishga tavsiya beradi.

Institut miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy, nazariy konferentsiyalarning press-reliz, dastur va taklifnomalarini tuzadi, chop etishga tavsiya etadi.

Xalqaro, respublika, poytaxt va institut miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy anjuman va seminarlarning materiallarini to‘plam holiga keltiradi va tahrir qiladi, nashrga tayyorlaydi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy ishlarini tahrir qiladi va nashrga tavsiya etadi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladigan xalqaro hamda respublika miqyosidagi konferentsiyalar maqolalari to‘plamini Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan birgalikda dizayn va maket holatida tayyorlashga ko‘maklashadi.

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Tahririy-nashriyot” bo‘limi tomonidan nashr etilgan o‘quv adabiyotlari

Ushbu to‘plamdan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalari o‘rin olgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyati, Visaginas (Litva) san’at maktabi mutaxassislari, O‘zDK professor-o‘qituvchilari, magistrlari hamda bakalavrlari tomonidan taqdim etilgan  maqolalarda, “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarixi va buguni”, “O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalqaro samaralari”, “barkamol avlod tarbiyasida estrada qo‘shiqchiligining o‘rni”, “musiqiy sharqshunoslik istiqbollari”, “yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda musiqa san’atidan foydalanish”, “estetik tarbiya va bolalar qo‘shiqchiligi” masalalari keng yoritilgan. To‘plam musiqa san’ati sohasidagi pedagog va talabalarga hamda musiqa san’ati bilan qiziquvchilarning keng doirasi uchun mo‘ljallangan. Maqolalar mualliflarning nuqtai nazarini aks ettiradi.

 

Представленная на суд читателей монография «Улугбек-устремлённый, или зов негасимой далёкой звезды» является второй частью некогда задуманной историко-философской трилогии. Поскольку исторический процесс носит не линейный и плоский, а объёмный характер, то история Земли включена в историю всего Мироздания, поэтому рассмотрение таких исключительных личностей, каковым, безусловно, был Улугбек должно происходить с позиции метаистории. В этом процессе огромную роль сыграл личный пример Улугбека, его несломимая устремлённость к познанию Тайн Бытия, ибо только устремлённость к далёким мирам позволяет преодолеть земное притяжение, раскрыть собственный духовный потенциал и помочь трансформации других. Вот почему книга и получила такое название: «Улугбек-устремлённый…».

Для преподавателей, аспирантов, студентов и всех, кто интересуется древней и уникальной историей Центральной Азии с альтернативных позиций.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F sonli farmoyishiga muvofiq 2017 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ilmiy-tadqiqotlar rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2017 yil 27 aprelda “Cholg‘u ijrochiligi: muammo va yechimlari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi. Ushbu maqolalar to‘plamiga zamonaviy ta’lim tizimida musiqa cholg‘ulari ijrochiligi, uning tarixi, Sharq allomalarining musiqa ilmi haqidagi fikrlari, taniqli san’atkorlar faoliyati, ijodi, ijrochilikni takomillashtirishda musiqiy-nazariy fanlarning o‘rni, fanlararo munosabatlar va ularni amaliyotga tadbiq etish kabi dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalari kiritilgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma “ansambl sinfi” fani bo‘yicha O‘zbеkiston davlat konsеrvatoriyasining 5150700 – “Cholg‘u ijrochiligi” (Xalq cholg‘ulari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Unda ansambl ijrochiligi masalalari va changchilar ansamblida ishlash uslubiyoti yoritib bеrilgan.  Qo‘llanmadan turdosh fanlarni o‘qitishda ham foydalanish mumkin.

Mazkur tezis maqolalar to‘plami XI «Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali doirasida bo‘lib o‘tgan “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishi” (Представлены в авторской редакции, Presented under author’s edition) mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari asosida tayyorlangan.

Mualliflik tahririda taqdim etiladi (Представлены в авторской редакции, Presented under author’s edition).