Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tarkibi

NORBEKOV ANVAR SHAMURODOVICH

Ilmiy darajasi va unvoni: Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Ish vaqti: Dushanba-Juma – 900dan-1800gacha

Shanba –  900dan – 1600gacha

Qabul vaqtlari: Har kuni – 1400 dan -1600gacha
Tel.: +99895 177-46-17, 244-31-43
E-mail: sifat_nazorat@konservatoriya.uz

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari

Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy -huquqiy hujjatlarni, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va rektorning bo‘yruqlari, ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;

bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

O‘zDKda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

O‘zDK talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy -huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

O‘zDKni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni rektorga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

O‘zDKning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;

O‘zDK professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni rektorga ma’lum qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

O‘zDKda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan ta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda O‘zDKda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va O‘zDK hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

O‘zDK reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

O‘zDK tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish (madaniyat va san’at muassasa va tashkilotlari) o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

O‘zDKni Ilmiy kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Davlat inspeksiyasiga va konservatoriya rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;

ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

MATYAKUBOV SHAVKAT BOTIROVICH

Lavozimi: Bosh mutaxassis
Ish vaqti: Dushanba-Juma – 900dan-1800gacha

Shanba –  900dan – 1600gacha

Tel.: +99897 155-37-66, 244-31-43
E-mail: sifat_nazorat@konservatoriya.uz

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisining lavozim vazifalari

Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va rektor bo‘yruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;

O‘zDKning o‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

O‘zDKning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek  oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

O‘zDKdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda O‘zDKda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.

SAIDAKBARXODJAYEV  ZAFAR  RAXMATOVICH

Lavozimi: Bosh mutaxassis
Ish vaqti: Dushanba-Juma – 900dan-1800gacha

Shanba –  900dan – 1600gacha

Tel.: +99897 774-88-18, 244-31-43