Научный поклонник — 2020

O‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish” mavzusiga bag‘ishlangan videoseminar bo‘lib o‘tdi

Videoseminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kris Allan, Xalq ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Babaxodjayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o’rinbosari Sh.Shoraxmetov hamda boshqa vazirlik va idoralar rahbar xodimlari, shuningdek Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari qatnashdi.

Videoseminarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalalari bo’yicha muhokama etildi. Mazkur videoselektrda O’zDKning  Ilmiy pedagogik kadrlar bo’lim boshlig’i Baxtiyor Ashurov ishtirok etdi.

 

“Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr etish faolligi” III Milliy ilmiy ta’lim forumi haqida

 

2018-yil 30 may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Katta majlislar zalida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr etish faolligi” III Milliy ilmiy ta’lim forumi o‘tkazildi.

Unda Toshkentdagi barcha OTM, shu jumladan, O‘zDK Ilmiy pedagogic kadrlar tayyorlash bo‘lishi boshlig‘I boshchiligida tayanch doktorantlari, yosh olimlar olimlar va magistrlar ishtirok etdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Umida Teshabayeva, O‘zR Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Baxrom Abduxalimov hamda OTB Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘I Bahrom Ismoilovlar asosiy ma’ruzalari tinglandi.

Tushlikdan so‘ng “Clarivate Analytics” kompaniyasi vakili, “EBSCO” kompaniya menedjeri, “Springer Nature” kompaniya vakili hamda «Антиплагиат» kompaniya derektorlarining mahorat darslari qizg‘in, bahs-munozarali o‘tkazildi.

Qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.