Konservatoriya o‘qituvchi va talabalari AQShning ta’limga oid ko‘rgazmasida qatnashdilar

Konservatoriya o‘qituvchi va talabalari AQShning ta’limga oid ko‘rgazmasida qatnashdilar

Oliy ta’lim sohasida O‘zbekistonva AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Amerika xalqaro ta’lim kengashlari (ACIE) tashabbusi bilan 2019 yil 16 oktabr kuni Toshkentda AQSh universitetlari ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada AQShdagi oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha taqdimotlar tashkil etildi, shuningdek, kitob va bukletlar tarqatildi. Ushbu ko‘rgazmaga O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek va xorijiy tillar”kafedrasi o‘qituvchilari va konservatoriya talabalari tashrif buyurib, mazkur oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish va ularda ta’lim olish haqida kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Share