«Qiz bola-bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir» shiori ostida 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil qilishdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Hamdamova hamda Orkestr cholg’ulari, estrada san’ati fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, psixologoya fanlari nomzodi, dotsent, G.A.Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga iod davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qizlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tushuntirish va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida “Qiz bola-bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil qilishdi.tadbirda falsafa fanlari doktori Jamila Shermuxammedovani taklif qilishdi. 2. Falsafa fanlari doktori Jamila Shermuxammedova “Xalqaro qizlar kuni” bilan talabalarni tabriklab, o‘z ma’ruzasida ayolga bo‘lgan cheksiz hurmat, e’tibor, oila, oilaviy munosabatlar, oila tarbiyasi, allomalarning falsafiy qarashlari, o‘zbeklarning or-nomusi, iffati, san’atga bo‘lgan cheksiz hurmati kabi ma’ruzalarda mazmunli ma’ruza qildi, ma’ruza yakunida talabalar bilan birgalikda trening mashqini o‘tkazdi.

Ma’ruza yakunida Jamila Shermuxammedova zalda o‘tirganlarga ogoh bo‘lishlikni, ko‘proq bo‘sh vaqtlarda kitob o‘qish kerakligini uqtirib o‘tdi.

OChES fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, psixologoya fanlari nomzodi, dotsent, faxriy akademik G.A.Qurbonova o‘tirganlarni “Xalqaro qizlar kuni” bilan tabriklab, “Oila milliy qadriyatlar maskani” nomli mavzusida ma’ruza qilib, Oila milliy qadriyatlar maskani hisoblanishi Yoshlarni oilaga tayyorlash jarayoni har bir millatning madaniy va ma’naviy-ruhiy qadriyatlaridan hisoblanishi, xususan talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash insoniyat tarixida xalq ma’naviy takomilining eng ulug‘ va oliy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelganligi, oilaviy madaniyat, oilaviy hayotga ongli kirib borish, oilaviy vazifalarni bajarishga tayyorlik, hayotda oila o‘rnini yuksak qadrlash, oilaga mas’uliyat bilan qarash, halq ma’naviy merosidagi oila qadriyatlarini o‘z zamoni talablari bilan uyg‘unlashtirib rivojlantirish har vaqt inson hayotiy mezoni va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida tan olinganligi, oilaga nisbatan insoniyat tarixida asrlar davomida shakllanib, e’zozlangan ma’naviy ehtiyojlar tizimi, oilani shaxs ma’naviyatini asrab avaylaydigan, uning barkamolligi mezonlaridan biri deb tan oladigan qonun-qoidalar majmui sifatida anglash, oilani butun jamiyat va millat taqdiri va taraqqiyotiga bevosita oidligini chuqur idrok etish – shaxsning ma’naviy yetukligini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanishi, oilani muqaddas deb bilmagan inson – ma’naviy qashshoq insonligi. Oilani muqaddas deb anglash har bir jamiyat a’zosining o‘z vijdoni, o‘z oilasi va farzandlari oldidagi burchidir.

O‘zbek oilasidagi milliy udumlar, an’analar, qadriyatlar, ajdodlarimizning bola tarbiyasi borasidagi o‘gitlari nihoyatda ibratlidir. Oddiy misol: o‘zbek oilalarining aksariyatida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan buvilar va buvalar tarbiyasi, kichiklarning kattalarga hurmat-ehtiromi, g‘amxo‘rligi, ota-onani muqaddas bilish odatiy fazilatlardan hisoblansa, ikkinchi tomondan, “Ustoz – otangdan ulug‘” naqliga asosan ta’lim, ilm bergan kishiga nisbatan yuksak ehtirom saqlanib qolgan. Shulardan kelib chiqqan holda, hozirgi milliy qadriyatlarimiz tiklanib, islomiy va dunyoviy bilimlarni puxta egallash uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda ana shu yuksak ma’naviy qadriyatlarimizni yoshlarimiz ongiga singdirishda oila, mahalla va maktab o‘rnini yana bir marotaba tahlil qilish, samaradorligini oshirishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rish zarur deb ma’ruzani yakunladi.

            Ma’ruza yakunida psixolog Gulchehra Qurbonova o‘tirganlar bilan jonli treninglar o‘tkazdilar.

O‘zbek musiqa ijrochiligi san’ati “An’anaviy ijrochilik” yo‘nalishi, “Nihol mukofoti sovrindori, 1-kurs talabasi Abdurashidova Mehrinigor dutor cholg‘u asbobida  o‘tirganlarga “Tanavvor” hamda “Ilg‘or” kuyini chalib berdi.