O‘zbek musiqa ijrochiligi fakulteti

 

  Kadirov Nabidjan Dadaxanovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Dotsent
Lavozimi: Fakultetdekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (16:00-18:00)
Tel.: +99897 720 36 46
E-mail: uzdk_shm_dekan@edu.uz

 

    Fakultet tarixi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “О‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti 1950 yilda tashkil etilgan. Fakultet dastlab “Xalq cholg‘ulari” fakulteti nomi bilan yuritilgan.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz tomonidan musiqa san’atini jumladan milliy musiqamizning rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgani bois fakultet miqyosida ham bir qator ijobiy islohatlar amalga oshirildi. Ijobiy o‘zgarishlar natijasida fakultet nomi 1992 yildan boshlab “Sharq musiqasi” fakulteti deb yuritila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3178 sonli, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish    chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muofiq  fakultet nomi “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti deb nomlandi.

Fakultet – milliy musiqa madaniyatini rivojlantirish, an’anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligiga yo‘naltirilgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni o‘ziga maqsad qilib olgan.

Fakultet dekani lavozimida katta o‘qituvchi B.Mirzaxmedov, dotsent F.N.Vasilev, dotsent A.Umarov, O‘zbekiston san’at arbobi, professor  F.Abduraximova, professor A.Mansurov, katta o‘qituvchi  A.Dadamuhammedov, dotsent Z.Turapovlar faoliyat olib borishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani lavozimida “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti N.Qodirov, fakultetning ma’naviy-marifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida “Nihol” davlat mukofoti sovrindori, “Navoiy” nomidagi davlat stependiyasi soxibi A.Axmedov va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida A.Bakirovlar faoliyat olib borishmoqda.

Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati milliy an’analarni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek mumtoz va zamonaviy musiqa durdona asarlarini Vatanimizda va horijda targ‘ib etishga o‘naltirilgan.

     

 

 “O‘zbek musiqa ijrochiligi”

 

“An’anaviy xonandalik”

 

  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik”   “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi”

 

                                                                                                                      

 

“Orkestr dirijorligi”   “Ijtimoiygumanitar fanlar”   “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi

 

 

 

 

Fakultet xodimlari:

 

Axmedov Alisher Hosir o’g’li

Yoshlar bilan ishlash  va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha

dekan o‘rinbosari

Bakirov Alihan Togabekovich

  O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 Fakultetda 6 ta kafedra mavjud:

1.    “An’anaviy xonandalik” kafedrasi.

2.     “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi.

3.    “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi.

4.    “Orkestr dirijorligi” kafedrasi.

5.    “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi.

6.    “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi.

Fakultet bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi

·           5150600 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik

·           5150504 – Dirijorlik: xalq cholg‘ulari orkestr dirijorligi

·           5150700 – Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari

·           5150700 – Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘u ijrochiligi

 Fakultet magistratura mutaxassiligi

·           5А150601 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik

·           5А150504 – Dirijorlik: xalq cholg‘ulari orkestr dirijorligi

·           5A150702 – Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari

·           5A150702 – Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘u ijrochiligi 

Fakultetning sobiq dekanlari

1.      B.Mirzaxmedov – katta o‘qituvchi

2.      F.Vasilev – dotsent

3.      A.Umarov – dotsent

4.      F.Abduraximova – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor

5.      A.Mansurov – professor

6.      A.Dadamuhammedov – katta o‘qituvchi

7.      Z.Turapov – dotsent