O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi

 

  Ergasheva Chinora Ergash qizi
Ilmiy darajasi va unvoni: San’atshunoslik fanlari bo‘yicha f.d.(PhD)
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni 14.00-16.00
Tel.: +99890 936-88-82
E-mail:   uzbekmaqomi@mail.ru

​​

 O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi KAFEDRASI

“O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi 1972-yilda musiqashunos olim, san’ashunoslik fanlari doktori, professor F.M.Karomatov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Toshkent davlat konservatoriyasi Ilmiy kengashining 1972 yil aprel oyidagi qaroriga asosan Sobiq Ittifoq davlatlari orasida birinchi marta tashkil etilgan mazkur kafedra dastlab “Sharq musiqasi kafedrasi” nomi bilan faoliyat yuritgan.

Kafedra oldiga qo‘yilgan bosh maqsad – o‘zbek mumtoz musiqa ijrochiligini (o‘zbek musiqasining ustuvor asosi – Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari, katta ashula va b.) – og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa ijrochiligini amaliy jihatdan o‘rganish va o‘rgatish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zbek maqomiga bevosita aloqador bo‘lgan Sharq xalqlari musiqasini, Sharq musiqashunosligini mustaqil fan darajasiga ko‘targan ota-bobolarimizning arab, fors va turkiy tillarda yaratgan asarlarini tarjima qilib, ularni musiqashunoslik nuqtai nazaridan ilmiy sharhlay oladigan mutaxassislar tayyorlash edi.

Kafedra qoshida xalq musiqasi kabineti faoliyat yurita boshlagani ta’lim samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu yerda mashg‘ulotlarni o‘tash uchun san’ashunoslik fanlari doktori, professor I.Rajabov (“Manbashunoslik” va “Maqom asoslari”), professorA.Jabborov (“O‘zbek musiqa tarixi”), kompozitor Sh.Shaymardanova (“Notalashtirish”), ustoz-san’atkor F.Sodiqov (“Dutor va chang ansambli ijrochiligi” ixtisosligi), R.Rajabiy, T.Inog‘omov, M.Muhamedov, S.Taxalov (“Tanbur, nay, qashqar rubobi” ixtisosligi), O.Alimaxsumov (“An’anaviy ijro” ixtisosligi), Z.Oripov, Z.Nasullaev, K.Avasenov (“Sharq tillaridan – fors, arab, urdu”), yosh o‘qituvchilar – O.Matyoqubov va R.Abdullaev (“O‘zbek an’anaviy musiqasi asoslari”, “Notalashtirish” va “Folklor amaliyoti”) kabi mutaxassislar taklif etildi.

Yosh musiqashunos talabalar orasida nafaqat yurtimizda, balki Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalaridan kelib, o‘qishni tamomlab, ilmiy-ijodiy faoliyatlarini davom ettirgan holda kelajakda mashhur xonandalar va yetuk san’atkor darajasiga erishishdi.

Ular orasida kafedraning ilk bitiruvchilaridan san’atshunoslik fanlari doktorlari, professorlar – A.Nizomov va F.Aziziy (Tojikiston), san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Nazarov, san’atshunoslik fanlari nomzodlari, A.Jumaev, O.Malkeevalardir.

Ohirgi o‘n yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘ndan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalar yaratishga erishildi. Jumladan: Z.Nasullaev – “Fors tili” xrestomatiyasi (2008), Achariya Brixaspatining “Musulmonlar va Hindiston yarim oroli musiqasi” (2009) kitobini o‘zbek tilidagi tarjimasi; R.Yunusov – “Faxriddin Sodiqov” monografiyasi (2005), “Kompozitor Mirsodiq Tojiev” monografiyasi (2018),  “O‘zbek maqomlari” risolasining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nashri (2018) va “Solfedjio” darsligi; R.Abdullaev – “Baysun”. Traditsionnaya muzыkalnaya kultura” nomli monografik ishi (2006), “O‘zbek mumtoz musiqa darsligi” (2008) va “Obryad i muzыka v kontekste kulturы Uzbekistana i sentralnoy Azii” (2010) monografiyasi; I.Ganieva – “Sharq mamlakatlari musiqa tarixi” o‘quv qo‘llanmasining o‘zbek, rus va ingliz (“Music culture of the east” (2011) tillaridagi nashri; S.Begmatov – “Maqom surnay yo‘llari” (2004), S.Begmatov va A.Zokirovlarning “Muxtorjon Murtazoev” monografik o‘quv qo‘llanmasi (2006); “An’anaviy ansambl sinfi” N.Qodirov bilan hammualliflikda (2007), “O‘zbek an’anaviy cholg‘ulari” M.Matyoqubov bilan hammualliflikda (2008), “Hofizlik san’ati” monografiyasi (2009), magistrlar uchun o‘quv qo‘llanmalari; “Orif Alimahsumov” monografiyasi (2017); Taniqli maqomshunos olim I.Rajabovning “Maqomlar” monografiyasini qayta nashri (O.Ibrohimov tahriri ostida); Z.Oripovning manbashunoslik ilmida olib borgan tadqiqotlari – “Sharq musiqiy manbashunosligi” (X-XI asrlar) o‘quv qo‘llanmasi (2008), “Ibn Zaylaning “Kitabu-l-kafi fi-l-musiqa” risolasidagi musiqashunoslik atamalari” monografiyasi (2008); “X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi” monografiyasi (2017); X.Qurbonov – “Honandalik san’ati tarixi” o‘quv qo‘llanmasining “Epik honandalik” qismi; Sh.Oyxo‘jaeva – “Maqom taronalari” ilmiy monografiyasi (2011) kabilarni qayd etish joizdir.

Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3391-sonli qaroriga asosan kafedra “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” nomiga o‘zgartirildi. Bugungi kunga qadar ushbu kafedrani F.M.Karomatov, R.Yu.Yunusov, Z.T.Oripov, S.M.Begmatov, I.A.G‘anievalar boshqarib keldi. Hozirda “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasiga katta o‘qituvchi Ch.E.Ergasheva mudirlik qilmoqda. Bundan tashqari, kafedrada san’atshunoslik fanlari doktori, professor R.Abdullaev, filologiya fanlari nomzodi, professor Z.Oripov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor R.Yunusov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor S.Begmatov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent I.G‘anieva, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Sh.Oyxo‘jaeva, katta o‘qituvchilar X.Qurbonov, Ch.Ergasheva, M.A’zamova, o‘qituvchilar N.Ahmedova, L.Jo‘raeva, N.Karimova va G.Husainovalar talaba-yoshlarga o‘z kasblarining sir-asrorlarini o‘rgatmoqdalar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5150200 – San’atshunoslik: musiqas’hunoslik.

Kafedra magistratura mutaxassiligi

  • 5A150202 – Musiqa san’ati.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr yo‘nalishi uchun

1.     Maqom asoslari.

2.     O‘zbek musiqa tarixi.

3.     An’anaviy o‘zbek musiqasi asoslari.

4.     San’asshnoslikka kirish

5.     Sharq xalqlari musiqa tarixi.

6.     Xalq musiqa ijodiyoti.

7.     Fors tili.

8.     Arab tili.

9.     Notalashtirish.

10.  Etnomusiqashunoslik asoslari.

11.   Manbashunoslik asoslari.

12.  Folklor amaliyoti.

13.  San’ashunoslik (musiqashunoslik).

14.  O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

1.     O‘zbekiston musiqa madaniyati.

2.     Musiqa san’ati.

3.     Manbashunoslik.

4.     Notalashtirish

5.     Xorijiy til (arab tili)

6.     Sharq xalqlari maqomlari

7.     Maqomot va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti

 

 Kafedra professor-o‘qituvchilari
 

 Abdullaev Rustam Samigovich

 San’atshunoslik fanlari doktori

Professor

   

Aripov Zakir Toxirovich

 Filologiya fanlari nomzodi

Professor

 

Yunusov Ravshan Yusupovich

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Professor

   

Ganieva Iroda Atabaevna

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Dotsent

Ayxodjaeva Shahnoza Imamxodjaevna

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Dotsent

 

 Kurbanov Kalmurza Turganbaevich

Katta o‘qituvchi

 

Zokirov Aziz Rayimjonovich

Katta o‘qituvchi

   

A’zamova Munojat Rahimovna

katta o‘qituvchi

  Ahmedova Nilufar Adxamovna

O‘qituvchi

 

 Xusainova Gulnoza Shuxratovna

O‘qituvchi

 

Kafedraning sobiq professor-o‘qituvchilari

1.     Fayzulla Karomatli – san’atshunoslik fanlari doktori, professor

2.     Is’hoq Rajabov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor

3.     Ahmadjon Jabborov – professor.

4.     Otanazar Matyoqubov – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor

5.     Abdulaziz Hoshimov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor

6.     Aleksandr Jumaev – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor

7.     Abdumannon Nazarov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor

Kafedraning hamkor tashkilotlari

·        O‘zbek milliy maqom san’ati markazi

·        O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

·        San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instinuti

·        O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi

·        Musiqa va san’at akademik litsey va kollejlar

·        ToshDShI

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING NASHRALARI

  ILMIY MAQOLALAR

2018

1.  A.Zokirov. Farg‘ona-Toshkent maqom ijroxiligida zamonaviy talqinlar // “Maqom san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2018. 44-47-betlar.

2.  Z.Oripov. O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi va maqom terminining genezisi haqida // “Maqom san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent. 2018.

3.  R.Yunusov. Mirsadik Tadjiev i uzbekskiy makomniy simfonizm // “Maqom san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent. 2018. 180-186-betlar.

4.  S.Begmatov. O‘zbek maqom san’ati: XXI asr taraqqiyot tamoyillari // “Maqom san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2018. 29-35-betlar.

5.  Sh.Oyxo‘jaeva. Bayot maqom yo‘llarining o‘ziga xosligi // “Maqom san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent. 2018. 116-124-betlar.

6.  Ergasheva Ch. Qo‘qon Ushshog‘i. // Musiqa san’atida an’ana va zamonaviylik. Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. –Toshkent, “Musiqa” nashriyoti, 2018.

7.     Ergasheva Ch. O traditsii nazira v muzike. // Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. – Moskva, 2018. – №9 (129).

8.     Kurbanov K.T. O problemax izucheniya traditsionnoy muziki karakalpakov: Rol traditsionnoy muziki v soxranenii natsionalnoy identichnosti v epoxu globalizatsii: Izvestiya natsionalnoy Akademii Nauk Kirgizskoy Respubliki: Spesialniy vipusk. – Bishkek, Ilim, 2018. S. 123-126.

9.     Kurbanov K.T. Karakalpakskaya traditsionnaya muzikakalnaya terminologiya v svete tyurkologicheskix issledovaniy: Aktualnie problemi sovremennoy muzikalnoy tyurkologii: Materiali mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii k 60-letiyu professora, doktora iskusstvovedeniya S.I.Utegalievoy. – Almati. 2018. S. 211-215.

10.   Ayxodjaeva Sh.I. Kirg‘iz xalq musiqa ijodi. // Jahon adabiyoti. 2018. Oktabr.

2017

1.    R.Abdullaev. Xarakternie osobennosti ustnoy traditsii i dastana kak nematerialnoe kulturnoe nasledie sentralnoy Azii // Soxranenie kreativnoy sennosti nematerialnogo kulturnogo nasledie sentralnoy Azii: na primere ustnix traditsiy i eposov. Samarkand. 2016. S. 12-32 str.

2.    R.Abdullaev. Traditsionnaya muzika v kontekste xudojestvennoy kulturi Uzbekistana (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) “San’at”, 2016, №2, 24-28 betlar.

3.    R.Abdullaev. Navro‘z – boqiy qadriyat. // O‘zbekistonda zamonaviy san’ashunoslikning dolzarb muammolari. Toshkent: San’at, 2016. 52-54-b, 63-66-betlar.

4.    A.Zokirov. “The Tradition of the joint Voice singing in the Context of the Orient Culture (As an example of Margilan Singing Schcool)”//Journal of literature and Art Studies. Volume 7. Number 8. August 2017 (Serial Number 69).

 

2016              

1.  R.Yunusov.   “Klassicheskaya muzika narodov Sredney Azii» // Moy Izrail (jurnal obshini buxarskix yevreev Izrailya).  № 12. 2016 oktabr. S. 22-25.

2.  S.Begmatov. “Zafarnomada  musiqaga oid ma’lumotlar”. // “Temuriylar davri yozma merosining tarqalishi va o‘rganilishi” mavzuidagi VIII Respukblika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.   Toshkent. 2016 y. 292-300 betlar.

3.  I.Ganieva. “Tanavor va Tanavorlar”. Aktualnie problemi sovremennogo iskusstvoznaniya v Uzbekistane.

4.  Sh.Oyxo‘jaeva. Hazrat Navoiy ijodida musiqaning o‘rni // O‘zbekiston xoreografiya san’ati: an’ana va zamonaviylik” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent. 2016, 164-168 betlar.

5.  Mutal Burhonovning “Alisher Navoiy” operasida Qulmuhammad obrazi. // O‘zbekiston xalq artisti Mutal (Mutavakkil) Burhonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman maqolalari (xotiralar) to‘plami. Toshkent. 2016. 72-81 betlar.

6.  R.Abdullaev. O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi. To‘plam (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).Toshkent. 2016.

7.       R.Abdullaev. Traditsii muzikalnix kultur Vostoka v issledovaniyax uchenix srednevekovya. // Materiali  Mejdunarodnoy konferensii “O‘rta asr  Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari”. Toshkent. 2016. 31-35 b.

8.       R.Abdullaev. Fayzulla Karomatli va o‘zbek musiqa folklorshunosligi taraqqiyoti. To‘plam uchun maqola.Toshkent. 2016.

9.         Kurbanov K., Daukeyeva S., etc. Music of the Karakalpaks. Part 2. Qyssakhan: Performer of Written and Oral Literature – // In: Theodor Levin, Saida Daukeyeva and Elmira Köchümkulova (eds). The Music of Central Asia. Bloomington and Indianapolis: Indiana University Press, 2016. – P. 88-108. (o‘quv qo‘llanma).

10.  Ergasheva.Ch. The Concept of Variant-Invariant Match in Uzbek Folk Music. Journal of Literature and Art Studies. Volume 6. Number 9, September 2016.

11.  M.A’zamova. “Boburiylar davri o‘zbek va hind sozlar mushtarakligi”. // Temuriylar davrida til, madaniyat va san’at taraqqiyoti” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Toshkent. 2016.

2015

1. R.Abdullaev Nomoddiy madaniy meros va zamonaviylik (Nematerialnoe kulturnoe nasledie i sovremennost). “Moziydan sado”, 2015. № 3, 5-7 b.

2. R.Abdullaev. Traditsii muzikalnix kultur narodov Vostoka i sovremennost (o‘zbek, rus va ingliz til.). Ma’ruzalar tezislari. Materiali Mejdunarodnoy konferensii v ramkax 10 Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya «Sharq taronalari» v Samarkande. Toshkent. 2015, 54-55 b.

3. R.Abdullaev. Sharq xalqlari musiqa madaniyati mushtarakligi ( Yedinstvo i svoeobrazie muzikalnix kultur narodov Vostoka). “Moziydan sado”, 2015, № 4, 34-38 b.

4. R.Abdullaev. Nota yozvulari (O‘zbek dostonlari musiqasi. F.Karomatli bilan hamkorlikda). // O‘zbek xalq ijodi durdonalari. 1 tom (100 tomlik to‘plam). “Alpomish” dostoni.Toshkent, 2015, 495-502, 512 b.

5. Z.Oripov. Sharq musiqashunosligi o‘rta asr manbalari mushtarakligi. Sharq taronalari X Xalqaro musiqa festivali to‘plami.Toshkent. 2015.

6. Z.Oripov.  Abdulqodir Marog‘iy. Timuriylar davri yozma yodgorliklari..O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.  Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent. 2015.

8. I.Ganieva “Musiqa san’ati yo‘nalishida professional kadrlar tayyorlash, yangi texnologiyalar va ijrochilik omillari”  O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining yilnomasi. 2015.

9. Sh.Oyxo‘jaeva “Xorazm maqom suvoralari // “Musiqa san’ati yo‘nalishida professional kadrlar tayyorlash, yangi texnologiyalar va ijrochilik omillari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Yilnoma. Toshkent. 2015, 157-163 betlar.

10. Sh.Oyxo‘jaeva “Alloma Fitrat va musiqa ilmi // “Ilm-fan taraqqiyotining dolzarb muammolari” nomli ilmiy-metodik maqolalar to‘plami. Toshkent. 2015, 136-140 betlar.

11. Ch.Ergasheva “Bastakorlik ijodiyotida nazira uslubi” //O‘zbekiston san’ati dunyo madaniyatining ajralmas qismi: tarix va zamonaviylik. Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi.Toshkent,  2015 y.

 12. A.Zokirov.  “Jo‘rovozlik an’anasi Sharq xalqlari musiqa madaniyati kesimida Marg‘ilon xonandalik maktabi misolida” Sharq taronalari”. Xalqaro ilmiy-konferensiya tezislari to‘plami.

13. M.A’zamova “Sharq xalqlari cholg‘ularida uyg‘unlik” (o‘zbek va ingliz tillarida). “Sharq taronalari” X-Halqaro musiqa festivali doirasida o‘tkazilgan konferensiya tezislari to‘plami.

14. M.A’zamova. “Sozlar mushtarakligi” (nog‘ora va dukkad). // Umrboqiy sozlar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2015.

2014

1.  Ch.Ergasheva. An’anaviy musiqada nazira estetikasi. // The First International conference on development of  history of  art and culturology in Eurasia. November. 2014. Vienna. 98-101.

2.  Ch.Ergasheva. Ushshoqlar xususida. // Materiali po xudojestvennoy i duxovnoy kulture Uzbekistana. Tashkent, 2014. S. 174-193.

3.  Ch.Ergasheva. Ta’lim jarayonida qiyosiy tahlil metodini qo‘llas’h masalasiga doir (“Samarqand Ushshog‘i” namunalari misolida). “XXI asr musiqa ta’limi: muammo va yechimlar” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Ikkinchi jild.Toshkent, 2014. 114-121 betlar.

4.  M.A’zamova. “Cholg‘ularning ilmiy-nazariy o‘rganilishi”. // Xalq cholg‘ulari ijrochiligining zamonaviy omillari” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent. 2014.

2013

1.     Z.Oripov. Mahmud Sheroziy va uning musiqashunoslikka oid risolalari. O‘zbek sharqshunosligi: buguni va ertasi. Ilmiy to‘plam 4 Toshkent. – 2013. 116-122 b.

2.     Z.Oripov. “Ibn Sino va uning musiqas’hunoslikka oid asarlari”// “Ibn Sino fan taraqqiyotida” mavzusidagi VII xalqaro Ibn Sino o‘qiilari ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to‘plami. Buxoro/ 2013.

3.     S.Begmatov. “Ibrat”. // Jahon adabiyoti. 2013 y. № 9.

4.     S.Begmatov – “Jo‘raxon Sultonov”. // Jahon adabiyoti. 2013 y. № 11.

5.     S.Begmatov. “Muhammadjon Mirzaev”. // Jahon adabiyoti. 2013 y. № 12.

6.     Ch.Ergasheva. Sodirxon Ushshog‘i. // Teatr. 2013 № 2. 30-31 bet.

7.     Ch.Ergasheva. Ijrochilik payrovlari // Moziydan sado. 2013 № 3. 34-35 bet.

8.     X.Kurbanov. “Etnomusiqashunoslik” fanining dolzarb muammolari. // San’at yo‘nalishlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash: izlanish, yechim va istiqbollar” mavzuidagi  ilmiy-amaliy anjumani, Buxoro. 2013.

9.     Sh.Ayxadjaeva. Xorazm maqom suvoralari // O‘zbekiston san’atshunosligi badiiy tahlil metodologiyasining masalalari. Toshkent. 2013.

 

2012

1.     I.Ganieva. “Sounds of the East Festival” // JERUSALEM music conference. Izrail-Ierusalim, 2012.

2.     I.Ganieva. “Sovremenniy aspekt uzbekskogo muzikalnogo folklora”.  // Traditsionnaya muzika tyurkskogo mira. Turkiya-Ankara 2012.

3.     A.Zokirov. “Marg‘ilon Hofizlik an’analari”,  Toshkent. Sharq yulduzi,  2012 y. №3.

4.     Ch.Ergasheva. Musiqiy risolalarda ilmiy naziraning o‘rni. // Globallashuv jarayonida xoreografiya san’ati sohasida milliylikni saqlash muammolari mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Toshkent. 2012. 100-106 b.

2011

1.  Sh.Ayxadjaeva. O‘zbek maqomotida tarona  // “Moziydan sado” jurnali, №1-2, T.2011.

2.  Ch.Ergasheva. Fattohxon Mamadaliev ijodida nazira an’analari (Ushshoqlar misolida). // O‘zbekiston san’ati makon va zamon talqinida: O‘zbekiston yosh san’atshunoslarning maqolalar to‘plami. – Toshkent. 2011. 126-130 b.

2010

1.  Ch. Ergasheva – Oshiqlar kuyi. // Tafakkur. 2010. 122-124 bet.

2.  S.Begmatov. Qomusiy san’atkor. // So‘z chamani ichra navo ko‘rguzib, “MERIYuS”, Toshkent. 2010 y. 3-9 b.

2009

1.  Ch. Ergasheva. Toshkent Ushshog‘i. // Moziydan sado. 2009. 44-45 bet.

2.  Ch. Ergasheva. Shashmaqomda ushshoq naziralar. // Teatr. 2009. 48-bet.

3.  S.Begmatov. Ispolnitelskie prinsipi Fergano-Tashkentskix makomov // Muzika tyurkskogo Mira (materiali pervogo mejdunarodnogo simpoziuma. Almati, Dayk-Press, 2009. s.246-250.