O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi

 

                             ERGASHEVA CHINORA ERGASH QIZI

Ilmiy darajasi va unvoni:                   San’atshunoslik fanlari bo‘yicha f.d.(PhD)

Lavozimi:                                               Kafedra mudiri

Telefon rаqаmi                                     +99890 936-88-82

e-mail                                                     uzbekmaqomi@mail.ru

 

O‘ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

   “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi 1972-yilda musiqashunos olim, san’ashunoslik fanlari doktori, professor F.M.Karomatov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Toshkent davlat konservatoriyasi Ilmiy kengashining 1972 yil aprel oyidagi qaroriga asosan Sobiq Ittifoq davlatlari orasida birinchi marta tashkil etilgan mazkur kafedra dastlab “Sharq musiqasi kafedrasi” nomi bilan faoliyat yuritgan.

Kafedra oldiga qo‘yilgan bosh maqsad – o‘zbek mumtoz musiqa ijrochiligini (o‘zbek musiqasining ustuvor asosi – Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari, katta ashula va b.) – og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa ijrochiligini amaliy jihatdan o‘rganish va o‘rgatish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zbek maqomiga bevosita aloqador bo‘lgan Sharq xalqlari musiqasini, Sharq musiqashunosligini mustaqil fan darajasiga ko‘targan ota-bobolarimizning arab, fors va turkiy tillarda yaratgan asarlarini tarjima qilib, ularni musiqashunoslik nuqtai nazaridan ilmiy sharhlay oladigan mutaxassislar tayyorlash edi.

Kafedra qoshida xalq musiqasi kabineti faoliyat yurita boshlagani ta’lim samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu yerda mashg‘ulotlarni o‘tash uchun san’ashunoslik fanlari doktori, professor I.Rajabov (“Manbashunoslik” va “Maqom asoslari”), professorA.Jabborov (“O‘zbek musiqasi tarixi”), kompozitor Sh.Shaymardanova (“Notalashtirish”), ustoz-san’atkor F.Sodiqov (“Dutor va chang ansambli ijrochiligi” ixtisosligi), R.Rajabiy, T.Inog‘omov, M.Muhamedov, S.Taxalov (“Tanbur, nay, qashqar rubobi” ixtisosligi), O.Alimaxsumov (“An’anaviy ijro” ixtisosligi), Z.Oripov, Z.Nasullaev, K.Avanesov (“Sharq tillaridan – fors, arab, urdu”), yosh o‘qituvchilar – O.Matyoqubov va R.Abdullaev (“O‘zbek an’anaviy musiqasi asoslari”, “Notalashtirish” va “Folklor amaliyoti”) kabi mutaxassislar taklif etildi. Nisbatan kechroq mazkur kafedrada R.Yunusov, A.Xashimov, A.Nazarov, O.Ibrohimov, S.Begmatov kabilar o‘zlarining pedagogik faoliyatlarini boshladilar.

Yosh musiqashunos talabalar orasida nafaqat yurtimizda, balki Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalaridan kelib, o‘qishni tamomlab, ilmiy-ijodiy faoliyatlarini davom ettirgan holda kelajakda mashhur xonandalar va yetuk san’atkor darajasiga erishishdi.

Kafedrada tahsil olgan va ilmiy darajalar olganlar: R.Abdullaev, A.Xoshimov, Sh.Gulliev (Turkmaniston), A.Nizomov (Tojikiston), A.Nazarov, O.Ibrohimov, F.Aziziy (Tojikiston), Dilorom Karomatli; Nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaganlar – O.Matyoqubov, A.Jumaev, R.Yunusov, Angelika Yung (Germaniya), O.Malkeeva (Qozog‘iston), Saloxiddin Muhammald (Sudan), Nabil Xasan (Iordaniya), S.Begmatov, I.Ganieva, Sh.Ayxodjaeva, Ch.Ergasheva (PhD).

Ohirgi o‘n yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘ndan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalar yaratishga erishildi. Jumladan: Z.Nasullaev – “Fors tili” xrestomatiyasi (2008), Achariya Brixaspatining “Musulmonlar va Hindiston yarim oroli musiqasi” (2009) kitobini o‘zbek tilidagi tarjimasi; R.Yunusov – “Faxriddin Sodiqov” monografiyasi (2005), “Kompozitor Mirsodiq Tojiev” monografiyasi (2018), “O‘zbek maqomlari” risolasining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nashri (2018) va “Solfedjio” darsligi; R.Abdullaev – “Baysun”. Traditsionnaya muzыkalnaya kultura” nomli monografik ishi (2006), “O‘zbek mumtoz musiqa darsligi” (2008) va “Obryad i muzыka v kontekste kulturы Uzbekistana i sentralnoy Azii” (2010) monografiyasi; I.Ganieva – “Sharq mamlakatlari musiqa tarixi” o‘quv qo‘llanmasining o‘zbek, rus va ingliz (“Music culture of the east” (2011) tillaridagi nashri; S.Begmatov – “Maqom surnay yo‘llari” (2004), S.Begmatov va A.Zokirovlarning “Muxtorjon Murtazoev” monografik o‘quv qo‘llanmasi (2006); “An’anaviy ansambl sinfi” N.Qodirov bilan hammualliflikda (2007), “O‘zbek an’anaviy cholg‘ulari” M.Matyoqubov bilan hammualliflikda (2008), “Hofizlik san’ati” monografiyasi (2009), magistrlar uchun o‘quv qo‘llanmalari; “Orif Alimahsumov” monografiyasi (2017); Taniqli maqomshunos olim I.Rajabovning “Maqomlar” monografiyasini nashri (O.Ibrohimov tahriri ostida); Z.Oripovning manbashunoslik ilmida olib borgan tadqiqotlari – “Sharq musiqiy manbashunosligi” (X-XI asrlar) o‘quv qo‘llanmasi (2008), “Ibn Zaylaning “Kitabu-l-kafi fi-l-musiqa” risolasidagi musiqashunoslik atamalari” monografiyasi (2008); “X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi” monografiyasi (2017); X.Qurbonov – “Honandalik san’ati tarixi” o‘quv qo‘llanmasining “Epik honandalik” qismi; Sh.Oyxo‘jaeva – “Maqom taronalari” ilmiy monografiyasi (2011) kabilarni qayd etish joizdir.

Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3391-sonli qaroriga asosan kafedra “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” nomiga o‘zgartirildi. Bugungi kunga qadar ushbu kafedrani F.M.Karomatov, R.Yu.Yunusov, Z.T.Oripov, S.M.Begmatov, I.A.G‘anievalar boshqarib keldi. Hozirda “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasiga katta o‘qituvchiCh.E.Ergasheva mudirlik qilmoqda. Bundan tashqari, kafedrada san’atshunoslik fanlari doktori, professor R.Abdullaev, filologiya fanlari nomzodi, professor Z.Oripov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor R.Yunusov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor S.Begmatov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent I.G‘anieva, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Sh.Oyxo‘jaeva, katta o‘qituvchilar X.Qurbonov, Ch.Ergasheva, M.A’zamova, o‘qituvchilar N.Ahmedova, L.Jo‘raeva, N.Karimova va G.Husainovalar talaba-yoshlarga o‘z kasblarining sir-asrorlarini o‘rgatmoqdalar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5150200 – San’atshunoslik: musiqashunoslik.

Kafedra magistratura mutaxassiligi

  • 5A150202 – Musiqa san’ati.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr yo‘nalishi uchun

  1. Maqom asoslari.
  2. O‘zbek musiqa tarixi.
  3. An’anaviy o‘zbek musiqasi asoslari.
  4. San’asshnoslikka kirish
  5. Sharq xalqlari musiqa tarixi.
  6. Xalq musiqa ijodiyoti.
  7. Fors tili.
  8. Arab tili.
  9. Notalashtirish.
  10. Etnomusiqashunoslik asoslari.
  11. Manbashunoslik asoslari.
  12. Folklor amaliyoti.
  13. San’ashunoslik (musiqashunoslik).
  14. O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

  1. O‘zbekiston musiqa madaniyati.
  2. Musiqa san’ati.
  3. Manbash
  4. Notalashtirish
  5. Xorijiy til (arab tili)
  6. Sharq xalqlari maqomlari
  7. Maqomot va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti

Кафедрада фаолият юритган профессор-ўқитувчилар

  1. Файзулла Кароматли – санъатшунослик фанлари доктори, профессор
  2. Исҳоқ Ражабов – санъатшунослик фанлари доктори, профессор
  3. Аҳмаджон Жабборов – профессор.
  4. Отаназар Матёқубов – санъатшунослик фанлари номзоди, профессор
  5. Абдулазиз Ҳошимов – санъатшунослик фанлари доктори, профессор
  6. Александр Жумаев – санъатшунослик фанлари номзоди, профессор
  7. Абдуманнон Назаров – санъатшунослик фанлари доктори, профессор
  8. Оқилхон Иброҳимов – санъатшунослик фанлари доктори, профессор

Кафедранинг ҳамкор ташкилотлари

  • Ўзбек миллий мақом санъати маркази
  • Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси
  • Санъатшунослик илмий тадқиқот инстинути
  • Ўзбекистон Телерадиокомпанияси
  • Мусиқа ва санъат академик лицей ва коллежлар
  • ТошДШИ

Кафедранинг илмий йўналиши

·        Мақом санъати тарихи, назариясини ўрганиш ва ёш авлодни мақомлар руҳида тарбиялаш