O‘zbek maqom san’ati fakulteti

QODIROV NABIJON DADAXANOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (16:00-18:00)
Tel.: +99897 720 36 46
E-mail: uzdk_shm_dekan@edu.uz

Fakultet tarixi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Fakultet – milliy maqom san’atini rivojlantirish, maqom xonandaligi va  maqom cholg‘u ijrochiligiga yo‘naltirilgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Fakultet dekani lavozimida dotsent Nabijon Qodirov, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida Samandar Abduroziqov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida Vositjon Mahmudovlar faoliyat olib borishmoqda.

Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati milliy maqom san’atini rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy mumtoz musiqasi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:

  1. “ O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi.
  2. “Maqom xonandaligi” kafedrasi.
  3. “ Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi.
  4. “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi.

 

Fakultet xodimlari:

 

Abduroziqov Samandar Abdusamat o’g’li

Yoshlar bilan ishlash  va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

 

 

 

 

Mahmudov Vositjon Valijonovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

 

 

Fakultet bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi

  • 5150600 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik
  • 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular

Fakultet magistratura mutaxassiligi

  • 5А150601 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik
  • 5A150702 – Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular