Bizning fakultetimizda nafaqat ta’lim sohasida boy tajribaga ega, balki talaba-yoshlar tarbiyasini yaxshilash va ma’naviyatini o‘stirishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni o‘tkazishda ham ko‘p yillik an’anaga ega.
Eng avvalo, konservatoriyada aynan birinchi kurs talabalarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini yaxshilashga, ularning konservatoriyaga moslashuvini tezlashtirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” tizimi faoliyat ko‘rsatib keladi.
Birinchi kursga qabul qilingan talabalar ma’lum guruhlarga birlashtirilgandan so‘ng guruhlarga ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyati va amaliyotini chuqur anglab etgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ichidan tanlab olingan Ta’lim-tarbiya maslahatchilari biriktiriladi. Ular o‘quv va o‘quv-uslubiy sohada, ma’naviy-ahloqiy tarbiya sohasida hamda san’at sohasida birinchi kurs talabalariga yaqin maslahatdosh sifatida yordamlashadilar. Konservatoriyada o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Ta’lim-tarbiya maslahatchilari ko‘magida tashkillashtiriladi. Bakalavriyatning 2-bosqichidan boshlab Ta’lim-tarbiya maslahatchisi maktabi asta-sekin to‘laqonli “Ustoz-shogird” tizimiga o‘ta boshlaydi. Uchinchi bosqichdan boshlab ushbu tizimga o‘tishning imkoniyati va ijtimoiy zaruriyati tug‘iladi. Ustozlar bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qilish bilan birga bo‘lajak kadrning mutaxassisligi, uning ilmiy-uslubiy darajasi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, kasbiy mahorati va kasb etikasi uchun ham mas’ul bo‘ladilar.
Estrada san’ati fakultetida quyidagi tadbirlar an’anaviy tarzda va keng miqyosda ishtirok etib keladi:
Mustaqillik kuni bayramlarida faol qatnashish;
Bilimlar kuni, ilmiy va nazariy konferensiyalar;
Birinchi kurs talabalariga talabalik guvoщnomasini tantanali topshirish marosimi;
O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
Yangi yil bayrami;
Har bir ixtisoslik o‘qituvchi o‘zining hisobot va sinf konsertlarini uyushtirish;
“Navro‘z” – bahor bayrami tadbirlarida faol qatnashish;
Xotira va qadrlash kuni.
Bundan tashqari konservatoriyada turli mavzularga bag‘ishlangan davra suщbatlari va uchrashuvlar o‘tkazish urfga aylangan. 9 May – Xotira va qadrlash kunida urush faxriylari va meщnat qaщramonlari, keksa yoshli professor-o‘qituvchilarning xonadonlariga tashrif buyurib ularning ko‘nglini ko‘tarish, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilariga muntazam ravishda mehr-muruvvat ulashish odatga aylangan.
XALQARO VA RESPUBLIKA KO‘RIK TANLOVLAR G‘OLIBLARI
1.Oksana Nechitaylo – Rossiya (Sankt-Peterburg)da Xalqaro estrada xonandalari tanlovida 2-o‘rin.
2.Diana Ziyatdinova – Ukraina (Yalta)da bo‘lib o‘tgan Xalqaro estrada xonandalarining tanlovida 2-mukofot sovrindori.
3.Liliya Fatkulina – Rossiya (Moskva)da yosh estrada ijrochilari Xalqaro tanlovining 2-o‘rin sovrindori.
4.Karina Timofeeva – Latviyada “Yurmala 2003” Xalqaro estrada qo‘shiqchilari tanlovi diplomanti, Rossiya (Moskva)da, 2004 – Yosh iste’dodlar tanlovida 1-o‘rin.
5.Odiljon To‘laganov – “Yangi nomlar” Respublika estrada xonandalari tanlovi sovrindori.
6.Aysel Balich – Bir necha xalqaro jaz festivallari golibi.
7.Ulug‘bek Xolikov – “Zo‘r-Zo‘r Star” loyixasi g‘olibi
8.Shirina Muzaffarova-“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishondori
9.Murtazaev Iskandar – “Novie imena”xalqaro tanlov , Rossiya federatsiyasi, 1 – o‘rin sohibi, 1992 y.
10.Umarov Stanislav – Klarnet cholg‘usi bo‘yicha xalqarotanlovi 1 -o‘rin g‘olibi, Rossiya federatsiyasi, 2000y
11.Musaev Komil – “Rio-Grondo” torli cholg‘ular bo‘yicha xalqarotanlov 1 -o‘rin g‘olibi , AQSh, 2000y
12.Isakov Dmitriy – A.Glazunov nomidagi xalqarotanlovi 2 – o‘ring‘olibi , Fransiya davlati,2003y
13.Imamov Oybek – «ShABЫT»Qozog‘iston Respublikasi, 1 – o‘rin sohibi. 2006y
14.Ibragimov Sunnat – «ShABЫT»Qozog‘iston Respublikasi, 1 – o‘rin sohibi. 2006y
15.Zuparov Doniyor «ShABЫT»Qozog‘iston Respublikasi, 2 – o‘rin soщibi. 2006y
16.Sobitova Dinara, Normatova Feruza, Zulfikarova Inna, Imamov Oybek – Torli cholg‘ular kvarteti – “ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi 1 – o‘rin sohiblari, 2007 y
17.Kabduraxmanov Alibek , Maxmudov Ulugbek, Riskiev Jamshid – Zarbli cholg‘ular ansambli “ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi GRAN-PRI sohiblari, 2007 y.
18.Ashirmatov Alisher – San-Bartalameo Italiya davlati , 2 – o‘rin sohibi 2009y, Kovalyova Mariya – A.Glazunov nomidagi 4 – xalqarotanlov, Fransiya davlati, 2 – o‘rin sohibi. 2010 y
19.Nazarova Adolat – “Insieme”, Xalqaro tanlov Italiya davlati Diplom sohibi, 2010y
20.Turdiev Otabek – “Rovere duro” Italiya davlati 4 – o‘rin sohibi. 2011y.
21.Turgunov Furqat – “ShABЫT”Qozog‘iston Respublikasi, Diplom sohibi.2011y
22.Babin Danil –“ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi, 1 – o‘rin sohibi. 2011y
23.Djumaev Sardor – “ ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi, Diplom sohibi. 2012y
24.Sultanov Axmed – “ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi, Diplom sohibi.2012y
25.Sabitova Zebo – “Salyut talantov” Frantsiya davlati 2 – o‘rin sohibi. 2012y
26.Irmatov Akmal – “ShABЫT”Qozog‘iston Respublikasi, 3 o‘rin sohibi.. 2012y
27.Xabibullaev Qaxramon, Abduvoitov Zafar, Yo‘ldoshev Dadaxon, Yosh ijrochilar ko‘rik tanlovi 1-o‘rin sohiblari 2011y.
28.Mahkamova Muslimaxon,Tojidinov Abdullo, Usmonova Durdona, Rajabiy Yunus Torli cholg‘ular kvarteti “ShABЫT”Qozog‘iston Respublikasi 2-o‘rin sohiblari 2018 y.
29.Galimova Diana, Ibragimov Sardor, Satorova Guzal, Djumaev Sardor – Torli cholg‘ular kvarteti – “ShABЫT”Qozog‘iston Respublikasi 1 o‘rin sohiblari, 2018 y.
30.Baxromov Xudoybergan – “ShABЫT”Qozog‘iston Respublikasi, 1 – o‘rin sohibi 2018y.
31.Dovurov Temur – “ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi, 2 – o‘rin sohibi. 2018y.
32.Nurmuhammadov Zafar – “ShABЫT” Qozog‘iston Respublikasi, 3 – o‘rin sohibi 2018y |