Nashr ishlari

Ushbu monografiya atoqli kompozitor, mohir ustoz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi  Mirsodik Tojiev hayoti va ijodiy merosini yoritishga bag‘ishlangan. Unda hassos san’atkorning kamol topishi, serqirra mehnat faoliyati hamda ko‘rkam asarlari haqida so‘z yuritilib, bisotida bosh o‘rin tutgan simfoniyalarni ko‘rib chiqish barobarida musiqa ijodiyoti ravnaqiga, o‘zbek simfonizmi gullab-yashnab, xalqaro ko‘lamda e’tirof etilishiga qo‘shgan salmokli hissasi ta’riflanadi.

Musiqachilar, san’atshunoslar, madaniyat va sanat o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, hozirgi zamon mumtoz musiqa ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.