“Musiqiy ovoz rejissyorligi va informatika” kafedrasi

Gafurova Shoxida Akmalovna
Ilmiy darajasi va unvoni: t.f.n., dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (12:00-17:00)
Tel.: +99871 2449113
E-mail: Shahid@yandex.ru

Musiqiy ovoz rejissyorligi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash Respublikamiz Mustaqillikka erishgan yillardan boshlab amalga oshirila boshlangan. Dastlab, O‘zbekiston televideniesining bosh ovoz rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.S.Umarxo‘jaevning tashabbusi bilan Toshkent davlat konservatoriyasida “Musiqiy ovoz rejissyorligi” yo‘nalishi bo‘yicha 1991-1992 o‘quv yilidan boshlab ta’lim ishlari yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha yillarda ustozlarimiz, ovoz rejissyorlari R.S.Umarxo‘jaev, A.Tojiev va V.N.Gushinlar o‘zbek musiqasi rivojiga ulkan hissa qo‘shish bilan birgalikda (ular magnit tasmalariga yozib olgan minglab asarlar hozirda ham O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “oltin fondi”da saqlanadi) yosh mutaxassislarni tarbiyalash ishlariga ham bosh-qosh bo‘lishgan.

2002 yilning 16 aprel kuni Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning PF-3052-sonli Farmoniga muvofiq Toshkent davlat konservatoriyasi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. 2002 yil 5 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 343-qarori bilan “Texnogen san’at (kino-teleoperatorligi, kino, televidenie, radio va teatr sahna tomoshalari ovoz rejissyorligi, musiqiy ovoz rejissyorligi, fotografiya v.b.)” ta’lim yo‘nalishi joriy etildi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Estrada san’ati fakulteti” tashkil etilib, uning tarkibiga yangi “Musiqiy ovoz rejissyorligi va informatika kafedrasi” kiritildi. Hozirgi kunda kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Gafurova boshqarib kelmoqdalar. Kafedrada 2ta fan nomzodlari faoliyat yuritib kelmoqdalar.

 

Hozirda, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufida musiqiy ovoz rejissyorligi kasbi bo‘yicha bakalavr (5151400) va magistr (5A151401) akademik darajalarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bakalavriatda o‘qitiladigan fanlar:

  • “Musiqiy ovoz rejissyorligi san’ati”
  • “Ovoz rejissyorligi akustikasi asoslari”
  • “Ovoz yozish studiyasi jihozlari va ovoz yozish tizimi”
  • “Elektron va kompyuter musiqasi”
  • “Radio, televidenie va tomosha tadbirlarini ovozlashtirish texnikasi”
  • “Musiqiy ovoz rejissyorligi fanini o‘qitish uslubiyoti”
  • “Kompyuter musiqasi texnologiyalarini o‘qitish uslubiyoti”
  • “Musiqiy informatika va kompyuter grafikasi”
  • “Tinglab tahlil qilish”
  • “Zamonaviy tabiiy bilimlar kontseptsiyasi”
  • “Radio ovoz rejissyorligi”
  • “Televidenie ovoz rejissyorligi”
  • “Ovoz kuchaytirish apparaturasi va xavfsizlik texnikasi”
  • “Zamonaviy musiqiy audio dasturlar”
  • “Fizika va elektronika asoslari”
  • “Kompyuter musiqasi texnologiyalari”

Magistraturada o‘qitiladigan fanlar:

  • “Musiqiy ovoz rejissyorligi”
  • “Fonogramma tahlili”
  • “Kompyuter musiqasi texnologiyasi”
  • “Teleradio uzatish va tomosha tadbirlarini ovozlashtirish”
  • “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari”

 

Hozirgi kunda “Musiqiy ovoz rejissyorligi va informatika” kafedrasida zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan 3 ta ovoz yozish o‘quv studiyalari mavjud bo‘lib, ularning bittasi 2005 yilda Yaponiya hukumatining beg‘araz granti asosida qayta jihozlangan. Bundan tashqari talabalarimiz O‘zMTRKning turli ovoz yozish studiyalari hamda telekanallarida o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va ta’lim jarayoniga O‘zMTRKda faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassislar jalb etilganlar.

Hozirgi kunga qadar kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv uslubiy hamda o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan.Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualar tayyorlangan. Ijodiy ishlar sifatida esa 10 dan ortiq audio SD lar tayyorlandi.

Musiqiy ovoz rejissyorligi sohasi bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlar kamligini inobatga olgan holda, “Musiqiy ovoz rejissyorligi va informatika” kafedrasida o‘zbek tilidagi adabiyotlarni yaratish borasida  ilmiy-uslubiy, amaliy ishlar olib borilmoqda.