Musiqa san’ati fakulteti

 

Ximmatov Davlat Axatkulovich
Ilmiy darajasi va unvoni: (PhD) Falsafa fanlari nomzodi
Lavozimi: Fakultetdekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (16:00-18:00)
Tel.:  +998712448358
E-mail: Dkhimmatov@mail.ru

 

    Fakultet tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat konservatoriyasini O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi 2002 yil 16 apreldagi № 3052-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda O‘zbek xalqining milliy musiqa merosi negizida musiqa sanhatini rivojlantirish, sifat jihatidan yangi musiqiy tahlim tizimini yaratish, yuqori malakali sanhat kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 05.09.2002 yil 315-sonli qaroriga asoslanib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Kompozitorlik, musiqashunoslik va fortepiano” fakulteti ochildi.

Fakultet tashkil qilingandan so‘ng “Kompozitorlik, musiqashunoslik va fortepiano” fakultetining dekan lavozimida: Polatxanova R.Sh., Sharipova.A.R., Karimova Z.S, Atajanov.Mlar ishlab kelishgan.

Dekan o‘rinbosarlari:Zokirov.A, Karimova Z.S, Xasanovlar faoliyat olib borishgan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ilmiy kengashining 2013 yil 16 sentabrdagi  2 – sonli majlisi qarariga asosan  “Musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonadalik va xordirijorligi”fakulteti tashkil qilindi.

Fakultet tashkil qilingandan so‘ng “Musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonadalik va xor dirijorligi” fakultetining dekan lavozimida: Karimova Z.S, Axmedov M.M, Azimov.I.A, Turapov Z.Zlar ishlab kelishgan.  .

Dekan o‘rinbosarlari : Karimov O‘.K Axmedov A.Xlar faoliyat olib borishgan.

Xozirgi kunda O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil 8 avgustdagi  “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 3178-sonli qarori asosan fakultet “Musiqa san’ati” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Fakultet dekani lavozimida Ximmatov Davlat Axatqulovichfakultet dekani o‘rinbosari lavozimida Begmatov Akmal Qaimjonovich, Axmedov Azamat Xalimjonovichlar ishlab kelmoqdalar.

Bugungi kunda Akademik xonandalik san’atining taraqqiyoti, Fortepiano va organ cholg‘uchilikda malakali kadrlar tayyorlash masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu qisqa vaqt ichida katta ijobiy ishlar amalga oshirildi. Misol sifatida birgina talabalar qabuliga o‘quv yillari kesimida qaralsa, bu sohaga qanchalik katta etibor berilayotganiga amin bo‘lamiz.

 

 “BMFAXXD  ”fakulteti

 

“Bastakorlik va cholg‘ulashtirish ”

 

  “O‘zbek maqomi va nazariyasi”   “Musiqa nazariyasi”

                                                                                 

“Musiqa tarixi va tanqidi”   “Maxsus fortepiano   “Kamer musiqa va konsertmeystrlik mahorati”

 

“Akademik xonandalik

“Xor dirijorligi”

kafedralari mavjud

 Fakultet xodimlari:
Axmedov Azamat Xalimjonovich

Yoshlar bilan ishlash  va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha

dekan o‘rinbosari

Begmatov Akmal Qaimjonovich

 O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari