«Musiqa» jurnali

“MUSIQA” ILMIY-USLUBIY JURNALI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-sonli qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006 yil 11 oktyabrdagi 214-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida “MUSIQA” ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etilgan.

Musiqa san’atiga oid ilmiy-uslubiy, ma’rifiy, adabiy-badiiy maqolarni chop etishga qaratilgan ushbu jurnal bir yilda 4-son (har uch oyda bir marta o‘zbek-rus-ingliz tillarida) chop etilishi belgilangan.

“MUSIQA” jurnalining 1-sonidan “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, B. Sayfullaevning mamlakatimizda Oliy kasbiy musiqiy ta’lim jarayonini isloh qilish, yuqori umumiy va kasbiy malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash kabi dolzarb masalalarga qaratilgan  “Sistema muzыkalnogo obrazovaniya v Uzbekistane” nomli, S. Gafurovaning O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan yirik musiqa festivallarining qisqacha tahlili berilgan, S. Qosimxo‘jaevaning O‘zbekistonda musiqa ilmining tarixi, uning taraqqiyot yo‘llarini kuzatishga, tarixiy jarayonlardagi muammolar va ularning yechimini tahlil qilishga hamda XX asrda musiqa ilmining ta’lim jarayonlari bilan uzviy birlikda rivojlanganiga e’tibori qaratilgan “Musiqa ilmi – O‘zbekiston ta’lim tizimi negizida” nomli maqolalari joy olgan.

“MUSIQA” jurnalining 2-sonidan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, A.Sharipovaning “O Forume-festivale “CONTINENT FA””,
N.Yanov-Yanovskayaning “K voprosu ob istorizme mishleniya”, I.Gulzarovaning “Kompozitor D.Saydaminova”, K. Azimovning ““Kumush” operasi dirijyor nigohida”, M.Kazakbaevaning “O. Abdullaeva ijodida vokal lirikasi”, T. Myakushkoning “K voprosu o sinteze klassicheskogo i romanticheskogo v kamernыx sochineniyax F.Shuberta”, O. Yusupovaning “Traditsii i sovremennost v iskusstve X.Nasыrovoy”, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasidan faoliyatidan lavhalar, E.Mustafinaning “Esteticheskie aspekti tvorchestva D.Saydaminovoy”, J.Shukurovning “Musiqiy merosni qiyoslash”, B.Ashurovning “Maqomot atamalarining I.Rajabov ilmiy merosidagi o‘rniga yangicha nazar”, X.Hasanovaning “Alleatorika kak dramaturgicheskiy faktor”, A.Kutluchurinaning “Kamerno-vokalnoe tvorchestvo F.Yanov-Yanovskogo na primere sikla “Elegii””, Z.Xamzinaning “Cherti stilya tvorchestva D.Yanov-Yanovskogo” nomli maqolalari o‘rin olgan.

“MUSIQA” jurnalining 3-soni chop etishga tayyorlanmoqda. Undan A.Zokirovning “Ilk maqom anjumani”, R.Tursunovaning “Jahon madaniyati ko‘zgusida Amir Temur obrazi”, F.Abdullaevning “O natsionalnыx tendentsiyax v muzыke kompozitov Uzbekistana” nomli, shuningdek, O‘zbekiston fortepiano maktabi shakllanishining dastlabki davrlari haqida qiziqarli materiallari (E.Dergachyova), damli va zarbli cholg‘ularning rivojlanishi va shakllanishiga oid tarixiy ma’lumotlar (R.Nigmatov) va “musiqa tarixi va nazariyasi”, “so‘nmas yulduzlar”, “ijrochilik san’ati”, “yubilyarimiz” rubrikasida yana ko‘plab maqolalarni o‘qish mumkin.