Marketing bo‘limi

ERMATOV AZAMAT HAYITBOEVICH
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul kunlari: Seshanba – Juma soat 14:00dan 16:00gacha
Tel.: 91-133-81-87  71-244-85-85
E-mail: azamat_ermatov1987@mail.ru

uzdk.marketing@mail.ru

Marketing xizmati bo’limining vazifalari

– Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan, ya’ni bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (is’temolchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.

– Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan xolda ishga taqsimlash ob’ektlari-ta’lim xizmatlari is’temolchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar-davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruxlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

– Joriy yil bitiruvchilari xaqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan xolda) ma’lumotlar bankini yaratish.

– Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni xisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

– O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komisiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

– Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning ishga joylashishga oid barcha zaruriy xujjatlarni (diplomdan ko‘chirma, ishga yuborilganlik xaqida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.

– Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarni ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi komissiyasiga murojaat etish.

– Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilardan ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmalarning bo‘lagini to‘liq qabul qilib olish va ularning taqsimot yoki qayta taqsimot (shu jumladan, mustaqil ishga joylashish) xamda mutaxassisligi bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi xaqida to‘liq yakuniy ma’lumotlar bankini yaratish.

–  Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qaytar aloqalar o‘rnatish, zaruriy xollarda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, maslaxatlar berish xamda mexnat faoliyatini natijalarini umumlashtirish.

– Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar konkurs, qabul qilingan talabalar soni ularning kurslari ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari va x .k) xaqida ma’lumotlar bankini yaratish.

– Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berish to‘g‘risida  2 tomonlama shartnomalar tuzish.

– Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniya, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinishi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi veb saytida joylashtirilishini, ma’lumotnomalar nashr qilish va ularning iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining xomaki nusxalari, maqolalar matnlari, video-audiotasmalar ssenariylarini tayyorlashda ishtirok etish.

– Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi xamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish.

– Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash, muassasa hududida ko‘rgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil etish.

– O‘zbekiston davlat konservatoriyasining tegishli bo‘limlari (kengashlar, fakul’tetlar, kafedralar va x.k.) bilan xamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari davlat granti asosida bitiruvchilarning 3 yil kafolatli ishlashlari shuningdek uch yillik majburiy ishlab berish shartini o‘tayotgan yosh mutaxassislarining kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishiga ko‘maklashish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqarish va amalga oshirish.

– Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va jaylashtirish, yosh mutaxassislarning mexnat faoliyati natijalari bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.