YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYATVA MA’RIFAT BO‘LIMI

Qurbonova Feruza Xayrullayevna

Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Juma  (14:00-16:00)
Telefon: 99871 239 45 51
E-mail: info@konservatoriya.uz

 

Mustaqil Respublikamizning istiqboli har jihatdan yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liqdir. Xususan Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish konservatoriya yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat va bo‘limining asosiy vazifasidir. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O’zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladigan talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, onadiyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasur va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat vazirligining, oily va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul   qilingan xujjatlari va ko‘rsatmalarini O’zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni , Prezident asarlari va nutqlarini talabalar o‘rtasida targ‘ibot qilish va tushuntirish ishlarini tashkil qiladi va olib boradi.
– fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlashishlari bo‘yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
– talabalar turar joylarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi.
– Axborot resurs markazi ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi.
– “Axborot va murabbiylik soatlari» ning yuksak saviyada o‘tishini nazorat qiladi.
– Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
– “Yoshlar ittifoqi” ,xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik harakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan xamkorlik qiladi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi.
– Respublika, viloyat va shahar miqyosida  o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda, va kontsertlarda O’zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.

Qurbonova Feruza Xayrullayevna – Bo‘lim boshlig‘i

Islomov Abbos Ubaydullayevich – Uslubchi