Malakaviy imtihonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-sonli Qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtixonlari o‘tkaziladi.

Nizomning 3-bob 22-bandi. Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Talabgorlar IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5) TOEFL (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (IBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), GEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar 17.00.03-Musiqa san’ati bo‘yicha tuzilgan komissiyada mutaxassislik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.