Magistratura bo’limi

  BAHRIYEV AHMAD RAHMATOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Psixologiya fanlari nomzodi, dosent
Lavozimi: Magistratura bo’limi boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 961 54 29
E-mail: arbahriyev@umail.uz

 

Magistratura bo’limi haqida

O’zbekiston davlat konservatoriyasida 2015 yil noyabr oyida tashkil etilgan. Magistratura bo’limida ta’lim 2015 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 36-son Qaror bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risidagi Nizom” talablari asosida tashkil etilgan.

Bo’lim boshlig’i: Bahrieev Ahmad Rahmatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar. Magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan umumiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.

             

Magistr:

  • tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
  • kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga;
  • oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom эttirishga;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo’shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.
  • Magistr o’z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
  • ilmiy-pedagogik;
  • ilmiy-ijodiy;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba;
  • loyiha-konstruktorlik;
  • loyiha-texnologik;
  • ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo’nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin.

 

Mening yurtim (MY5) telekanalida Oliy ta’limni rivojlantirish mavzusida tashkil etilgan tele ko’rsatuv 

Magistr talabalarning hisobot konserti

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan o’tkazilgan magistr talabalarning ilmiy konferensiyasi

Hozirgi kunda O’zDК magistratura bosqichida 14 mutaxassislik bo’yicha magistr kadrlar tayyorlanmoqda.

  1. 5A150202-Musiqa san’ati
  2. 5A150101-Bastakorlik san’ati
  3. 5A150701-Fortepiano (organ)
  4. 5A150501-Akademik xor dirijyorligi
  5. 5A150501-Dirijyorlik (opera-simfoniya dirijyorligi)
  6. 5A150601-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
  7. 5A150601-Vokal san’ati (akademik xonandalik)
  8. 5A150601-Vokal san’ati (estrada xonandaligi)
  9. 5A150702-Cholg’u ijrochiligi (puflama va zarbli cholg’ular)
  10. 5A150702-Cholg’u ijrochiligi (xalq cholg’ulari)
  11. 5A150702-Cholg’u ijrochiligi (torli cholg’ular)
  12. 5A150702-Cholg’u ijrochiligi (an’anaviy cholg’ular)
  13. 5A150702-Cholg’u ijrochiligi (estrada cholg’ulari)
  14. 5A151401-Ovoz rejissyorligi (musiqiy ovoz rejissyorligi)

Magistratura bo’limida 51 nafar talaba 14 mutaxassislik bo’yicha tahsil olmoqda.

Shulardan: 1-kursda jami 27 nafar talaba bo’lib, ularning 7 nafari (shundan 1 nafari qiz) davlat granti asosida, 22 nafari esa (shundan 9 nafari qizlar) to’lov-shartnoma asosida o’qimoqda, ulardan 2 nafari xorijiy talaba.

2-kursda 24 nafar talaba bo’lib, ularning 7 nafari (shundan 4 nafari qizlar) davlat granti asosida, 17 nafari esa (shundan 11 nafari qizlar) to’lov-shartnoma asosida o’qimoqda, ulardan 4 nafari xorijiy talaba.

Joriy o’quv yilida magistratura talabalariga 62 nafar etakchi professor-o’qituvchilar tahsil berishmoqda, ularning barchasi professor va dosent ilmiy unvonlari sohibidir. 2017-2018 o’quv yilida     1-kursda 11 mutaxassislik bo’yicha va 2-kursda 9 mutaxassisldik bo’yicha talabalar tahsil olishmoqda.

1-kursda talabalarning “Кalendar ish rejasi”ni rasmiylashtirish bo’yicha ishlar davom etmoqda. 2017 yil oktyabr oyi oxirida magistrlik dissertasiyalari mavzulari va ilmiy rahbarlar tasdiqlanishiga tayyorgarlik qizg’in tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedralarda mavzular va ilmiy rahbarlar tasdiqlanishi jarayoni davom etmoqda.

Hozirgi kunda 2 kurs talabalari o’z magistrlik dissertasiyalarining ikkinchi bobi ustida ish olib borishmoqda. Ularning deyarli barchasi o’z ilmiy maqolalarini yetakchi ilmiy jurnal va konferensiyalar to’plamlarida nashr ettirishgan. Bu bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda.