KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH “KOMPLAENS NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI


MINGBOYEVA KARIMAXON

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

Qabul vaqti:  Har kuni (10.00 – 12.00)

Telefon: +998 94 672-56-84   

E-mail:  koruppsiya@uzmmsi.uz


     Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati  institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 27 – maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5927-son Farmoni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 28 iyundagi 281-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib bevosita institut tarkibiga kiradi.

    Bo‘limning faoliyati institutda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu faoliyatni amalga oshirishda  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlariga,  institutning ichki buyruqlari, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizom asosida va boshqa bo‘linmalar bilan amalga oshiradi. 

  1. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • “Korrupsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilagan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • korrupsiyaga qarshi kurash “Koplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
  • korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jixatlarni tadbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
  • institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan monitoringni yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga hamda vazirlikga kiritib boradi. 
  1. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
  • institut muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talabalar (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchilar)ning imtixon (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom ximoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;
  • institut professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi xujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
  • xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida institut xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
  • institut Kengashi majlisi yigilishlarida ishtrok etish;
  • institut rektoriga komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritish;
  • vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, xujjatlarni talab qilish, institut professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari, talabalar, (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish;
  • jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muxofaza qiluvchi organlarga habar berish;
  • o‘z faoliyati doirasida institutning tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;
  • institut rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va xujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanish;
  • institutda komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonunchilik xujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.