1936-yilda tashkil topgan Toshkent
konservatoriyasi Markaziy Osiyoda ilk tashkil etilgan va musiqa san’ati sohasida professional mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona, eng keksa Oliy musiqiy ta’lim muassasalaridan biridir.
Toshkent konservatoriyasining birinchi rahbari A.Bochkaryov
Rektorlik davri: 1936-1947 yillar
Muxtar Ashrafovich Ashrafiy
Muxtar Ashrafovich Ashrafiy (1912-1975) — Xalq artisti, bastakor, professor.
1947-1962 yillarda konservatoriya raxbari etib tayinlandi.
U kishining aql-zakovati, donoligi, o‘z rahbarlik faoliyatida talabchanligi natijasida 60-yillarga kelib ijrochilik san’ati gurkirab o‘sdi, O‘zbekiston bastakorlik maktabiga asos solind
1971-1975 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori.
1976 yilda konservatoriyaga Muxtor Ashrafiy nomi berildi.
Hamid Raximov
Rektorlik davri: 1962-1971 yillar
Mamadjon Raxmonov
Rektorlik davri: 1977-1981 yillar
Zoxid Vohidovich Xaqnazarov
Rektorlik davri: 1981-1984 yillar
Komil Kenjaev
Rektorlik davri: 1984-1987 yillar
Ofeliya Yunusovna Yusupova
Rektorlik davri: 1987-1997, yili Konservatoriyaning birinchi tanlangan rektori bo’ldi va 10 yil davomida bu lavozimni egallagan.
Ravshan Yusupovich Yunusov
Rektorlik davri: 1997-2002 yillar
Baxrom To‘xtaevich Qurbonov
Rektorlik davri: 2002-2005 yillar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra, 2002 yilda Toshkent Konservatoriyasi O’zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi.
Dilora Muradova Axmedovna – sanatshunoslik fanlari nomzodi , professor
Rektorlik davri: 2005-2013 y.
Okilxon Akbarovich Ibragimov – sanatshunoslik fanlari doktori, 2008 yilda “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlangan
Rektorlik davri: 2013 – 2014 yillar
Baxtiyor Raximovich Yakubov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madanaiyat xodimi
Rektorlik davri: 2015-2017 yillarda
Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan davlat arbobi, Pedagogika fanlar doktori, professor O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori 2017 yildan.