O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashi

2018 yil 31 may kuni bo‘lib o‘tgan 10-sonli O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashi tomonidan atoqli kompozitor Dilorom Saydaminova O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Faxriy professori diplomi bilan taqdirlandi.

“Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi San’atshunostlik fanlari nomzodi, professor v.b. Tashmatova Azatgul Raimovnani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Professor” ilmiy unvonida tasdiqlangani munosabati bilan 2018 yil 31 may kuni bo‘lib o‘tgan 10-sonli O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashi raisi hamda a’zolari tabrikladilar.