Ichki nazorat va monitoring sektori

  AMONOV XOLMUXAMMAD NORMUROTOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Geografiya fanlari nomzodi
Lavozimi: Bo’lim boshligi
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-17:00)
Tel.: +9987124483-81
E-mail: Baxa7682@mail.ru

ICHKI NAZORAT VA MONITORING BOLIMI

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash samaradorligini kuchaytirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlarida ilgari surilgan vazifalarni izchillik bilan hayotga tadbiq etish dolzarb masalaga aylandi. Ayni shu jarayonlarni tartibga solish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash” haqidagi 12-sonli va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 25 yanvardagi 1/1-sonli Hay’at yig‘ilishida “Hujjatlar ijrosini nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Yuqorida qabul qilingan qarorlar ijrosi bo‘yicha to‘plangan tajribalarga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Oliy ta’lim me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan amaliy tashkiliy va ilmiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi buyrug‘i asosida barcha OTM va turdosh muassasalarda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi tashkil etildi.

«ICHKI NAZORAT VA MONITORING» BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqboli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va modemnomalari, Konservatoriya ichki buyruqlari va Ilmiy kengash qarorlari bajarilishini  nazorat qiladi va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Konservatoriya ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini bo‘lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi gurux bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni Konservatoriya rahbariyatiga taqdim etadi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida da ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Konservatoriyada ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi Talabalar bilimini  reyting tizimi  asosida xolis  va  adolatli baxolanishini nazorat qiladi.

Zarur xollarda yakuniy nazoratdan   keyin   fanlar   bo‘yicha   ekspertlar   bilan birgalikda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi. Konservatoriyada va unga tegishli ta’lim muassasalarida (fakultetlar,kafedralar, malaka oshirish fakultetlari, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. . Kadrlar tayyorlash sifatini
yaxshilash maqsadida  kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy   mashg‘ulotlarni   nazorat  qiladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida  kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli taminlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari tug‘risida”gi 12-sonli qarori, 1999 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respuyulikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28-avgustda 11-10 – son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xuddudiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 8-sentyabrdagi 309 – sonli va 2010 yil 21-maydagi 195 – sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilib konservatoriya rektori  tomonidan 2015 yilda tasdiqlangan “O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMA”ga asosan olib boriladi