Hisobxona

  MUSLOVA IRINA VYACHESLAVOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Yo’q
Lavozimi: Bosh xisobchi
Qabul vaqtlari: Har kuni (09:00-17:00)
Tel.: +99871 244-95-12
E-mail: muslova.iv@mail.ru

 

 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Hisobxona bo‘limining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga solish

byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;

tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, konservatoriya talabalarining stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish

moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish

asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlashdan iborat.