Fonoteka

ARIPOV  FURQAT  MUHSUMOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: YO’Q
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Dushanba-juma har kuni (14:00-16:30)
Tel.: +99890 990 67 29
E-mail:

 

MALUMOTI:

YO’Q

 

OLIY

 

FONOTEKA  BO’LIMI: Bo’limda 3ta hodim  ishlaydi. Bo’lim mudiri –Aripov F.M. Ovoz rejissori-Ismatullayev A.X. Ovoz aperatori-Jamoliddinov J.F. Bu hodimlarning barchasi O’zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari.

FONOTEKA  BO’LIMI HAQIDA  MALUMOT-BO’LIMNING VAZIFALARI:

Fonoteka bo‘limi konservatoriyaning o‘quv jarayonining olib borilishida yordamchi  tashkiliy  bo‘lim hisoblanadi.

Bo‘lim  O‘zDK  barcha  yo‘nalishlar va mutaxasisliklar  bo‘yicha  olib  boriladigan fanlarni  musiqiy  ma’lumotlar bilan  ta’minlaydi,  shuningdek, mavjud  musiqiy asarlarni yig‘ib,  uning (magnit  tasmalar, plastinka, CD, DVD) arxivini  to‘plab  boradi.

O‘zDK da  o‘tkaziladigan  tadbirlarni  audio  va video yozuvlarga yozib  olish, arxivdagi  asarlarni jamlab tartiblashtirish, katologlashtirish, mavjud texnik vositalarni soz holda tutish  va professor-o‘qituvchilarning dars jarayonini kerakli vosita va materiallar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Mavjud audio va video  hamda texnik  vositalarni muntazam profilaktikadan o‘tkazib, arxivdagi asarlarni (plastinka, magnit tasmalari) zamonaviy texnika vositalariga ko‘chirib o‘tkazadi. O‘qituvchi va talabalarni  mustaqil ravishda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun lingofon xonasida kerakli asarlar bilan ta’minlash   ishlarini  amalga  oshiradi.

Fonoteka faoliyati bir nechta turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga yordam berish hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishga qaratiladi.

Bo‘lim tarkibiga bo‘lim mudiri, ovoz rejissyori, ovoz operatori kabi  xodimlar kiradi.

Fonoteka bo‘limi o‘kuv ishlar bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.

Bo‘limning tuzilishi va uning shtatlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori tomonidan tasdiqlanadi. SHu  yili   an’anaviy  musiqa, ashulalar va chet  el kompozitorlari  yozilgan   1381  ta  magnit  lentalar  zamonaviy  magnitafon  va  tehnikalarga   raqamlashtrildi. Xozirgi kunda  fonotekada jami 1812-ta   magnit lentalar saqlanmoqda,raqamlashtrilgan lentalar soni  1812 taga  yetdi.

O‘zbek  kompozitorlari  asarlari  yozilgan  60 tadan  ziyod   magnit  lentalar  raqamlashtrildi.

150  taga yaqin  chet  el  kompozitorlari va o‘zbek  plastinkalari  raqamlashtrilingan. O‘zbek   xalq  hofiz  va  hofizalar  qo‘shiqlari  to‘plamlari  soni  185  tadan ziyod, chet  el va o‘zbek sozandalarning   to‘plamlari   85  tadan  oshdi.

 

Xozirgi  kunda 8000ta yaqin turli  xil janr yo‘nalishdagi plastinkalar saqlanmoqda.Bulardan 64 ta turli xil janr yo‘nalishdagi plastinkalar raqamlashtrildi.

 

 

Yana  O‘zbekiston  Davlat  Konservatoriyasida  bo‘lib  o‘tayotgan  konsertlar  yil  davomida  yozib  olinib  borilmoqda. Bulardan   xalq  cholg‘u  orkestrlari,simfonik  orkestrlar,vokal  konsertlari, sinf  konsertlari,  an’anaviy maqom ansambl va  qo‘shiqlari, konferensiyalar ,festivallar,uchrashuv  tadbirlari,bitiruv davlat  imtixonlaridir arxivga qo‘shilmoqda.