Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

O‘zbekiston RespublikasiOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil mart-may oylari davomida manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda  O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Norim Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Muxammadolim Muxammadsiddiqov, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorisasi To‘tixon Yusupova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori S.Azizboev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova, O‘zDK fakul’tet dekanlari, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Tafakkur ehtiyoji” hujjatli filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy bosh maqsad, yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iboratdir.

FOTO LAVHALAR:

Event Tags

Sana

23 Aprel, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing