Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI, BUYUK DAVLAT VA SIYOSAT ARBOBI ISLOM ABDUG‘ANIEVICH KARIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI VA YORQIN XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Buyuk Davlat va Siyosat Arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3404- sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripovning 2017 yil 29 noyabrdagi 25/1-2987-sonli topshirig‘iga binoan Respublikamizning barcha hududlari qatorida Shayxontohur tumani hokimligi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida ushbu tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi O‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Avaz Maqsudovich Mansurov va Shayxontohur tuman xokimi o‘ribosari Komiljon Zoxirov Qobilovich so‘zga chiqib ochib berdilar.

Shundan so‘ng Tarix fanlari doktori, professorAbduhalil Mavrulov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “So‘g‘diyona” orkestri badiiy rahbari, professor Feruza Abduraximova, O‘zbekiston xalq artisti – Muyassar Razzoqova, O‘zbekiston Respublikasi Prezident devoni ma’sul xodimi, Xojimatov Minxojiddin Mirzajonov, GLIER nomidagi ixtisoslashgan maxsus musiqa akademik litseyi direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi Baxrom To‘xtaev va O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchievalar so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Buyuk Davlat va Siyosat Arbobi Islom Abdug‘anievich Karimovni tilga olib yurtimiz ravnaqi uchun qilgan ezgu ishlarini xotirladilar.

FOTO LAVHALAR:

       

Sana

7 Fevral, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing