Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan tadbir

              Tadbirda  qatnashdilar:   Ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboev, Fakultet dekani F.Abdullayev,  “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri A.Norbekov,  Tarix fanlari nomzodi, O‘.Xudoykulov, katta o‘qituvchi M.Mirzayev, o‘qituvchi B.Absattorov hamda 1-4-kurslarning guruh murabbiylari ishtirok etdi.

                  1-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida Bastakolik, Orkestr cholg‘ulari, Estrada san’ati fakultetining 1-4-kurs talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi bo‘yicha ma’ruza darsi tashkil qilindi. Tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboev ochib berdi.  Shundan so‘ng ma’ruzachi Tarix fanlari nomzodi O‘.Xudoykulov so‘zga chiqib, Umumxalq muhokamasidan o‘tgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi sifatida qabul qilindi. Bu strategiya – yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir sifatida o‘zining amalda ifodasini topmoqda. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinganligining o‘zi mamlakatimizda Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan tamoyiliga asoslanganligini anglash qiyin emas.

Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganligining o‘zi Prezidentimiz BMTning oliy minbaridan turib aytilgan fikrlarining amamaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘layotganligini ko‘rishimiz mumkin .

Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi B.Absattorov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev BMT assambleyasida ilgari surgan dolzarb masalalar  haqida to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar quydagilardan iborat:

  • Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyani qabul qilish;
  • Suv resurslaridan oqilona foydalanish;
  • Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir;
  • Barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berish;

Kabi takliflarni ilgari surilishi Xalqaro konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otganligi aytib o‘tildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida tashkil qilindi. Tadbir davomida ma’ruza ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Event Tags

Sana

2 Dekabr, 2017

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm
Category

Manzil

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
100027, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi 1 Uzbekistan

Organizer

Konservatoriya ma’muriyati
Phone
+998 71 239-46-53
Email
info@konservatoriya.uz
Website
http://konservatoriya.uz

Ushbu ma'lumotni ulashing