Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

Har kuning Navro‘z bo‘lsin ..

Mamlakatimizda ulkan shodiyonalar shukuhi bugun har bir mahalla, har bir xonadonda va albatta insonlar yuzidagi tabassumlarda o‘z aksini topmoqda. Navro‘z bu milliy urf-odat, an’ana, qadriyat va yangilanish ramzidir. Bahorning iliq quyoshi qalblarga o‘zgacha iliqlik hamda muhabbat baxsh etgan bu lahzalarda, kishilar shu kunlarga yetganliklariga shukronalar aytishmoqda. Mamlakatimizda Navro‘z shodiyonalari keng nishonlanmoqda va uning shukuhi hech kimni chetlab o‘tgani yo‘q.

Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham Navro‘z tantanalari o‘ziga hos tarzda nishonlandi. Navro‘z bayramining shoxona taomlari sumalak, palov, milliy oshxonamiz namunalari tortilgan bayram dasturxoni konservatoriya xodimlari va talaba-yoshlarini o‘z atrofida jamladi.

Bayramni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B. Sayfullayev ochib berdilar va barcha yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan chin qalbdan tabriklab, ularga o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etdi hamda Xalqaro Mug‘om tanlovida 1-o‘rinni egallagan I.Arabovni, kuni kecha O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Konservatoriya futbol Kubogi” musobaqalarining g‘oliblarini taqdirladilar. Ularga maxsus diplom, medallar va estalik sovg‘alar topshirildi.


Bu kabi bayramlar o‘z o‘rnida barchani bir-birlariga muhabbat, samimiylik, ahillik va ishchanlik kabi sifatlarni yanada oshirishga hizmat qiladi.

Event Tags

Sana

19 Mart, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing