Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

Yoshlar o‘rtasida “Narkomaniyaga qarshi kurash” samaradorligini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 16-yanvardagi “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash tezkor-profilaktik tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16/225-sonli ko‘rsatmasiga asosan, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 1-fevraldan 1-martiga qadar“Narkomaniyaga qarshi kurash” samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston davlat konservatoriyasitalabalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand molddalarni iste’mol qilishni oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan profilakti tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektoriS.Azizboev,Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi mayorlari D.Otabekov, N.G‘ofurjonovlar va Ma’naviya-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova,barcha fakultet dekan muovinlari hamda 50 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdi.

talabalarga giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirdi. Respublikamizda narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar va giyohvandlikning oldini olish, psixatrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligini oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga“Ikki o‘t orasida”nomli hujjatli film namoyish etildi.Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

FOTO LAVHALAR:

Event Tags

Sana

15 Fevral, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing