Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

“Jasorat”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring 2017 yil 08 noyabrdagi 87-02-3467-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikda “Jasorat” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha  prorektori – S.Azizboev, Toshkent shaxar “Veteran” birlashmasi raisi o‘rinbosari B.Raxmatullaev, “Veteran” faxriysi jangchi polkovnik R.Bobojonov, Ma’naviyat–ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova, Fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, professor– o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir Afg‘on urushi ishtirokchilari hayotiga bag‘ishlangan “Unutilmagan qahramonlar” filmi namoyishi bilan boshlandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan yoshlar ong-u shuurida vatanimiz mustaqilligi, osoyishtaligi yo‘lida aziz jonlarini qurbon qilganlar ruhini yod etish, hayot bo‘lganlarini qadrlashdek insoniy fazilatlar mustahkamlanib borayotgani har galgidan ko‘proq namoyon bo‘layotganini ta’kidlab, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlar  tinch-osoyishta va farovon hayotimiz yo‘lida jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xalqimiz, davlatimizning doimiy e’tibor hamda e’zozida bo‘lib kelayotganining amaliy ifodasi ekani alohida e’tirof etildi.

Tadbir so‘ngida Vatanparvar fidoiylar ansanbilining musiqa rahbari F.Bobojonov va xonandasi D.Mamaziyaevalar musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

FOTO LAVHALAR:

Event Tags

Sana

28 Fevral, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing