Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

E ` L O N !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi №178-F-sonli Farmoyishiga muvofiq 2018 yil 30 oktyabrda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “XXI asr musiqa san’ati: muammo va yechimlar” mavzusida professor-o‘qituvchilarning Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkaziladi.

Konferentsiya mavzusidan kelib chiqqan holda ma’ruzalar quyidagi mazmunda qabul qilinadi va sho‘‘balarga ajratiladi:

  1. XXI asr kompozitorlik ijodiyoti muammo va yechimlari;
  2. Ijrochilik masalalari: tarix, nazariya va amaliyot;
  3. Musiqiy pedagogikada innovatsion metodlar va texnologiyalar;
  4. Folklor va an’anaviy musiqa masalalari;
  5. Musiqashunoslikning tarixiy-nazariy masalalari.

 

Konferentsiyaga taqdim etilgan maqolalar “Nashr ishlari” bo‘limi tomonidan tahrir qilinib, nashrga tavsiya etilgach, har bir sahifa uchun 15.000 so‘m to‘lanadi va materiallar alohida kitob shaklida nashr qilinadi. Maqolalar (elektron va qog‘oz shaklida) topshirilishining oxirgi muddati – 2018 yil                              6 oktyabrgacha.

 

Murojaat uchun manzil:

Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, “Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limi, Teatr bloki, 3-qavat, 393-xona. Tel.: (71) 244-94-50.                                   E-mail: music_art_XXI@mail.ru

Sana

20 Sentabr, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm
Category

Ushbu ma'lumotni ulashing