Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

Mamlakatimizda yangi 2018-2019 o‘quv yili ham boshlandi

Mamlakatimizda yangi 2018-2019 o‘quv yili ham boshlandi. Avgust oyidagi kasbiy-ijodiy imtihon va sinovlardan o‘tib, talabalar safiga qabul qilingan yoshlarning orziqib kutgan daqiqalari ham yetib keldi. Yangi o‘quv yilining ilk kuni. Yoshlar qalbida ulkan hayajon.
Bugun barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston davlat konservatoriyasida talaba yoshlarni o‘quv jarayonlari bilan tanishtiruv va talabalik qasamyodlarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev ochib berdi va yig‘ilganlarni hamda talaba yoshlarni mamlakatimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi bilan qutlab, ularga baxt, omad va hayotda yangi marralarni zabt etishlarini, shuningdek, o‘z sohalarining yetuk mutaxasisi bo‘lib, san’atlari ila jahon sahnalarini zabt etishlarini tilab, yangi o‘quv yili boshlanishi va yoshlarni talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lganliklari bilan chin qalbdan muborakbod etdi.


B.Sayfullaev o‘z nutqida bugun san’atga va madaniyat sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, Maqom markazining tashkil etilishi, Shahrisabzda bo‘ladigan Maqom forumininig o‘tkazilishi, konservatoriya faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezidenti qaror va farmonlari bularning barchasi zamirida yosh avlodni yuksak salohiyatli, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun olib borilayotgan say xarakatlar ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev konservatoriyaning kasbiy-ijodiy imtihonlarida eng yuqori ball to‘plab, talabalikka qabul qilingan yoshlarga talabalik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirdi va ularga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.


So‘ngra, talaba yoshlar kelajakda yuksak salohiyatli, chuqur bilim egasi bo‘lishga, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxasisi bo‘lishga va mamlakatimiz san’atining rivoji yo‘lida o‘z bilim va ko‘nikmalarini safar etishga tantanali qasamyod etishdi. Tadbir mustaqillik darslariga ulanib ketdi.

Sana

5 Sentabr, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm
Category

Ushbu ma'lumotni ulashing