Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tomonidan konservatoriyadagi barcha ayollar va qizlar uchun bayram kontsert dasturi tashkil etildi. Bayram erta tongdan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkilot faollari, talaba-yoshlardan iborat yigitlar barcha ayollar va qizlarga tilaklar bildirilgan 8-mart uchun maxsus tabriknomalarni ayollar va talaba-qizlarga tarqatishlari bilan boshlandi. Tabriknomadagi tilaklardan ruhlangan bayram sohibalariga foeda yangrayotgan musiqa ohanglari o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Bu quvonch ularning yuzlaridagi tabassumlarda aks etdi.

So‘ngra, konservatoriyaning katta zaliga kirayotgan ayollar va ishchi qizlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri-O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaevning bayram sovg‘alari taqdim etildi va bayram dasturi boshlandi. Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining birinchi prorektori A.Mansurov ochib, berdilar va rektorimiz B.Sayfullaevning bayram tabriglarini o‘qib, eshittirdilar. Shundang so‘ng, el ardog‘idagi o‘stoz san’atkorlar va talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan kuy, qo‘shiq va ashulalar ayollarning raqslariga ulanib ketdi. O‘tkazilgan ushbu tadbir barcha ayollar va qizlarga olam-olam zavq va shavq bag‘ishladi.

FOTO LAVHALAR:

?

 

 

  

Event Tags

Sana

9 Mart, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm
Category

Ushbu ma'lumotni ulashing