Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev asos solgan xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri –O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev tomonidan xam keng qo‘llanib kelinmoqda,
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kasbiy (ijodiy) imtixonlar davom etmoqda. Bugun 2018 yil 26 iyul sanasida B.Sayfullaev imtixonlar o‘tkazish jarayonida abiturientlarning ota-onalari bilan uchrashib,
ularga va abiturientlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, fikr va muloxazalarini eshitib qabul komissiyasi a’zolariga tegishli ko‘rsatmalarini berib o‘tdi. Shu bilan birga bu yilgi kasbiy (ijodiy) imtixonlar jarayoni shaxsan B.Sayfullaevning nazorati ostida imtixonlarning shaffofligi va adolatli o‘tkazilishiga katta e’tibor bergan xolda video kuzatuv kameralari orqali abiturientlarning ota-onalariga namoyish etilmoqda. Ota-onalar ushbu sharoitlardan quvonib B.Sayfullaevga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.
Kasbiy (ijodiy) imtixonlar bugun xam davom etgan xolda 7 bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib, abiturientlar o‘z iqtidorlari va bilimlarini komissiya a’zolariga namoyish etishmoqda.