Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

Tayanch doktoranturani tugatayotganlar va ilmiy rahbarlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish

23-dekabr kuni Madaniyat vaziri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullayev, rahbariyat xodimlari hamda tayanch doktoranturani tugatayotganlar va ilmiy rahbarlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda konservatoriyaning 2 nafar bitirayotgan Zakirova Venera Mansurovna (ilmiy rahbar s.f.d., professor T.B.G‘ofurbekov) hamda Ergasheva Gulchehra Turabovna(s.f.d., professor R.S.Abdullayev)lar PhD doktorlik dissertatsiya ishlarining yakuniy bosqichi, ximoyaga tayyorgarlik holati, mavjud kamchilik muhokama etildi. Har bir doktorant so‘zga chiqib, holati yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘z vaqtida dissertatsiyasini tugatgan, seminarlardan o‘tgan, maxsus imtihonlarni topshirgan, aspiranturani tugatgan va ayni vaqtda himoyaga chiqa olmagan Abrarova Moxina Fatxullaevna (ilmiy rahbar s.f.d., professor T.B.G‘ofurbekov), Budarina Antonina Grigoryevna (ilmiy rahbar s.f.n., dotsent S.B.Qosimxo‘jayeva), Ergasheva Chinora Ergash qizi (ilmiy rahbar s.f.d., professor O.A.Ibragimov), Amanova Nodira Allaberganovna (ilmiy rahbar s.f.d., professor O.A.Ibragimov)lar o‘z vaziyatlari bo‘yicha ma’lumot berishdi.

Yig‘ilishda ilmiy rahbarlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tegishli rahbariyat xodimlariga dekabr oyi so‘ngida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Ilmiy kengashga 2 nafar tayanch doktorantlar va o‘z vaqtida dissertatsiyasini tugatib, himoyaga chiqa olmagan 4 nafar xodimlar yuzasidan ma’lumot berish vazifasi yuklatildi.

FOTO LAVHALAR:

Event Tags

Sana

23 Dekabr, 2017

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing