Loading Tadbirlar
  • This tadbir has passed.

“Qo‘nonboev Abay xayoti va ijodiga bag‘ishlangan” ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi PQ-3598-sonqarori belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan 2018 yil 29 martda o‘tkazilgan “Qo‘nonboev Abay xayoti va ijodiga bag‘ishlangan” ma’naviy  ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda   faol va iqtidorli talabalar qatnashishdi.

  1. S.Rahmonova so‘zga chiqib, ulug‘ alloma,  qozoq yozma adabiyotining asoschisi, ma’rifatparvar shoir haqida talabalarga gapirib berdi.

Qo‘nonboev Abay (Ibrohim), Abay 1845.10.8, Ettisuv viloyati Chingiztog‘ (hozirgi Abay) tumani — 1904.6.7 — qozoq yozma adabiyotining asoschisi, ma’rifatparvar shoir. ettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan. Sharq mumtoz adabiyotining Firdavsiy, Sa’diy, Navoiy, Fuzuliy singari namoyandalari asarlarini o‘rgangan. Bu shoirlarning asarlaridagi dunyoviy g‘oyalar ta’sirida xalqni ma’rifatga undovchi sherlar yoza boshlagan. Sharq mumtoz shoirlari bilan birga Ettisuvga surgun qilingan rus demokratlari va ular orqali Krilov, Pushkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tanishish muhim omil bo‘lgan. Uning fik-richa, ko‘chmanchilik sharoitida yashab kelayotgan va shu tufayli urug‘urug‘larga bo‘linib ketgan qozoq xalqi men-talitetidagi ayrim qusurlarni bartaraf etmay turib, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu maqsadda ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etuvchi, yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi didaktik yo‘nalishdagi asarlar yozishga katta e’tibor bergan. U qozoq xalqini ma’rifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta katta-kichik lavhalardan iborat «Naqliya so‘zlar» falsafiy hikoyasini yozgan.

Chernishevskiy va Dobrolyubov singari rus demokratlarining g‘oyalari, Arastu, Suqrot, Aflotun, hatto Gegelning falsafiy-didaktik qarashlari bilan ham tanishgan. Uning 200 dan ziyod she’r va 4 dostondan iborat adabiy merosida bu siymolar ta’sirida yozilgan asarlar oz emas.  «Iskandar» dostonida makedoniyalik Aleksandr obraziga murojaat etib, «Ajralganni bo‘ri er» degan hikmatni tarqoq holda yashab kelayotgan vatandoshlari shuuriga qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Abayning adabiy merosida «Mas’ud», «Azim rivoyati», «Vadim» singari dostonlar ham alohida o‘rin egallaydi. Abay shaxsan o‘zi she’riy ijod bilan shug‘ullanibgina qolmay, farzandlarini ham adabiyot olamiga olib kirdi. Ulardan biri — Mag‘aviyaga «Meng‘at Qosim», Oqilboyga esa «Qissai Yusuf» dostonlarining syujetini «sovg‘a qilib», shu asarlarning yozilishiga sababchi bo‘lgan. Qo‘nonboev ayni vaqtda do‘mbira chertib, o‘z she’rlariga kuylar ham bastalagan.

M.Avezov o‘z ijodiy umrining kattagina qismini Abayning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganishga sarflab, u haqda ko‘p jildli «Abay yo‘li» epopeyasini yaratgan. Abayning aksar asarlari o‘zbek tiliga Mirtemir va boshqa shoir, yozuvchilar tomonidan o‘girilgan.

  1. Konservatoriya talabalari an’anaviy xonandalik, an’anaviy ijrochilik, akadem xonandalik bo‘limi talabalari so‘zga chiqib Abay hayoti ijodi haqida suhbatlashishdi:
  2. Jumanov Sa’nat

2.Anvarov Ollaerxon

3.Jumaev Suhrob sozga chiqdilar.

       III.  O‘zbek va horijiy tillar kafedrasi oqituvchilari: SHokirova I, Nurmatova S, Tolipova N, Kurbonova Z qatnashdilar.

Event Tags

Sana

30 Mart, 2018

Vaqt

8:00 am - 5:00 pm

Ushbu ma'lumotni ulashing