Doktorantlar haqida ma’lumotlar

 

Mirtalipova Iroda Mirtaxirovna, millati o‘zbek, 1988-yil, 28-yanvar, Toshkent shahri, ma’lumoti oliy, 2005 yil O‘zDK huzuridagi Iqtidorli bolalar Akademik litseyi, 2009 yil O‘zbeksiton davlat konservatoriyasi bakalavr bosqichi, 2011yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bosqichi, san’atshunos-musiqashunoslik, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “musiqa nazariyasi” katta o‘qituvchisi, hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi II-bosqich tayanch doktoranti.

 

Ilmiy tadqiqoti G‘arb va Sharq musiqasida mikroxromatika xodisasining nazariyasi, tarixi o‘rganish hamda O‘zbekiston kompozitorlari asarlari misolida musiqiy amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Mikroxromatika (nazariya, tarix va amaliyot)”. 2015 yilda Shveytsariya xamkorlik byurosi ko‘magi bilan “Zamonaviy garmoniya: O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyotida mikroxromatika” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma nashr etilgan.

Shu kunga qadar doktorlik mavzusi yoritilgan ilmiy maqolalar xorijiy jurnallar va xalqaro konferentsiyalarda 2 ta, Respublika konferentsiyalari hamda ilmiy maqolalar to‘plamlarida 8 ta va 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

 

Djuraeva Laylo Shuxratovna 1988 yil 30 avgust Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Musiqashunoslik fakultetini “Musiqa tarixi va tanqid” kafedrasini 2010 yil bakalvryat, 2012 yil magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2009-2017 yillar davomida “Milliy cholg‘u” Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 2017 yil “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasining tayanch doktoranturasiga o‘qishga qabul qilingan. Ilmish ishining mavzusi “Alisher Navoiy va musiqa san’ati: tarix, tahlil; o‘tmishdan – zamonaviylikka” deb nomlanib, hozirga qadar mavzu doirasida 1 ta ilmiy risola, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar (bundan 1 tasi xorijiy jurnalda, 8 tasi OAK e’tirof etgan jurnallarda) muallifi. Xalqaro va Respublika konferentsiyalarida o‘z tezislari va ilmiy ma’ruzalari bilan muntazam ishtirok etib keladi.

Ilmiy tadqiqotining mazmuni Alisher Navoiyning asarlaridagi musiqa san’atiga bag‘ishlangan qismlar, jumladan, musiqiy istilohlar, cholg‘ular, bastakorlar, maqomlar nomlarini aniqlash, tahlil etish, shoirning qarashlarini tadqiq etish orqali o‘sha davr musiqiy muhiti xususida ilmiy xulosalar qilishdan iborat.

 

Кутлучурина Алина Альфредовна  –  базовый докторант (PhD)   Государственной консерватории Узбекистана. Родилась 11 октября 1991 г в Ташкенте. С 2007 г. по 2010 г. училась в Республиканском музыкальном колледже им. Х.Х. Ниязи  (ныне РСМАЛ им. В.А. Успенского) на факультете «теория и композиция». В  2010 г.  поступила в   Государственную  консерваторию Узбекистана (бакалавриат) по специальности   «музыковед-теоретик» в класс доктора искусствоведения, профессора  Азимовой. А.Н.     В  2014 г. продолжила свое обучение в магистратуре. С 2016 по 2017 г.г. – педагог музыкально-теоретических дисциплин в  РСМАЛ им Р.М. Глиэра. В 2018 г поступила в базовую докторантуру (PhD) Государственной консерватории Узбекистана.

Кутлучурина А.А. начала  свою научную деятельность  в период обучения в  Государственной консерватории Узбекистана в 2010-2014 г.г. Результатом научного исследования стало успешное написание и защита выпускной квалификационной работы в бакалавриате на тему: «Соната в форме вариаций» Н. Гиясова (опыт анализа в контексте монодийного и современного мышления). Далее Кутлучурина А.А. продолжила свои научные исследования в магистратуре 2014-2016 г.г., результатом чего является  диссертация на тему: «Монодийные принципы мышления в творчестве композиторов Узбекистана (на примере сочинений Н. Гиясова, М. Бафоева, Д. Янов-Яновского)».

В настоящее время Кутлучурина А.А. продолжает свое обучение в базовой докторантуре (PhD) в  Государственной консерватории Узбекистана, работая над темой «Традиционные принципы музыкального мышления в творчестве композиторов Узбекистана последних десятилетий».   На данном этапе для  Кутлучуриной. А.А. научный интерес представляет традиционная узбекская музыка и ее воздействие на творчество композиторов Узбекистана. Актуальность выбранной темы в том, что в сочинениях композиторов Узбекистана последних десятилетий наблюдается процесс  погружения в пласты традиционной музыки, тенденция синкретизации современных техник письма музыки ХХ века и традиционных принципов музыкального мышления. Кутлучурину А.А. интересует проблема «национального мышления», «национального стиля», «национальной самобытности» в композиторском языке.

 

Muxamedova Feruza Nurmaxmatovna, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 1986 yil 7 dekabr.  Toshkent shaxri, ma’lumoti oliy,  2009 yil, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bakalavriat bosqichi, 2011 yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bosqichi, maxsus fortepiano. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “maxsus fortepiano” kafedrasi o‘qituvchisi. Hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 3- bosqich tayanch doktoranti.

Ilmiy tadqiqotiO‘zbekiston fortepiano musiqa san’atini o‘rganish bilan bog‘liq. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “O‘zbekiston fortepiano musiqasi: shakllanishi, janrning o‘ziga xosligi, interpretatsiya muammolari”. Ilmiy ish mavzusi doirasida 2016 yil sentyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasining Sintszyan san’at institutidao‘tkazilgan “Markaziy Osiyo mamlakatlariningsan’ati vata’limi forumi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferentsiyada ingliz tilida “Piano education of Uzbekistan at the turn of XX-XXI centuries” (“XX-XXI asrlardaO‘zbekiston fortepiano ta’limi”) mavzusida ma’ruza va taqdimot bilan qatnishdim. Shu kunga qadar doktorlik mavzusi yoritilgan ilmiy maqolalar xorijiy jurnallar va xalqaro konferentsiyalarda 10 ta, OAK ro‘yxatidan chiqqan jurnallarda 3ta, Respublika konferentsiyalarida 10 tamaqolalarim chop etilgan.