Devonxona va arxiv

Ahmedova Ma’suma Fahruddinovna
Mutaxassisligi: Madaniyat  sohasi  sotsiologi
Lavozimi: Bo’lim boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (09:00-18:00)
Tel.: +998712448381
E-mail: Kons.devoni@exat.uz

 

O’zbekiston davlat konservatoriyasida  Devonxona bo’limi ish yuritishning asosiy boshqaruv bo’limi hisoblanadi. Devonxona o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, hay’at qarorlarini bajarish va bajarilishining nazoratini tashkil qilishni amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirish;

Devonxonaga kelib tushayotgan korrespondentsiyalarni o’z vaqtida, ularni to’liqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va rahbariyatga yoki xat yuboriluvchiga etkazish;

rahbar rezolyutsiyasidan so’ng hujjatlarning nusxa ko’paytirish kerak bo’lganlarini ko’paytirib, nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bo’limiga yoki ijrochiga etkazib berish;

O’zDKda ish yuritishning davlat tilida olib borilishini nazorat qilish;

O’zDKdan chiqish xatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ularni jo’natish (aloqa bo’limi, kur’er orqali, faks va  boshqalar orqali);

hujjatlar yig’ma jildini doimiy saqlash uchun arxivga topshirish;

ommaviy axborot vositalari bilan rahbariyat va bo’limlarni ta’minlash.

Devonxona tarkibiga arxiv kiradi.

 

Devonxona tarkibi:

 

devonxona bo’limi boshlig’i  – Ahmedova Ma`suma;

devonxona ish yurituvchisi  – Inomova Nihola;

kur’er – Rahmedova Feruza;

arxivarius – Mirholiqova Surayo;