An’anaviy xonandalik kafedrasi

 

  Yo‘lchieva Munojat Abduvalievna
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o‘qituvchi,
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99891 919 99 39
E-mail:

Kafedra tarixi

2016 yili “An’anaviy ijrochilik” kafedrasi ikkiga bo‘linib, “An’anaviy ijrochilik” va “An’anaviy xonandalik” kafedralari tashkil etildi.

“An’anaviy xonandalik” kafedrasiga katta o‘qituvchi faxriy professor Munojat Yo‘lchieva rahbarlik qila boshladi. Shu davrdan boshlab  “An’anaviy xonandalik” kafedrasining nufuzi yanada oshib bordi. Kafedraga ko‘plab yetuk san’atkorlar, tajribali xonanda pedagoglar ishga jalb etildi. O‘zbekiston xalq artistlari Zamira Suyunova, O‘zbekiston xalq hofizlari Maxmud Tojiboev, Erkin Ro‘zmatov Soib Niyozov, professor Matnazar Xudoynazarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Komila Bo‘rieva, Nodira Pirmatova, dotsentlar Zamira Suyunova, Komila Bo‘rieva, Maxmudjon Tojiboev, Shavkat Matyakubov, Maxfuza Karimova, katta o‘qituvchilar Muxabbat Solihova, Erkin Ro‘zmatov, Nodira Pirmatova o‘qituvchilar Moxichexra Shamurotova, Mamlakat Ulasheva Nodir Zokirov, Mansur Voisov, Ma’ruf Xalilov, Zebixon Abduyusupova, Alijon Jo‘raev, Sarvar Alimov, Erkin Ramazonov shular jumlasidandir.

2002-2017 yillar mobaynida konservatoriyaning katta va kichik zallarida muntazam ravishda har oy “Nazm va Navo” o‘tkizilishi an’anaga aylangan.

Shu rukn ostida Sakkokiy, Lutfiy, Atoiy, Mashrab, Uvaysiy, Nodira, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Nozimaxonim, Miskin, Mushkin singari mumtoz shoirlar ijodlari asosida o‘nlab kechalar o‘tqazildi. Ustoz sozanda, bastakor va hofizlar Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Yunus Rajabiy, To‘xtasin Jalilov, Faxriddin Sodiqov, Hojixon Boltaev, Komiljon Jabborov, Muxtorjon Murtazoev, aka-uka Boboxon va Akmalxon Orifxon Ochilxon Otaxonov, xotira va ijodlariga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazildi.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5150600 – Vokal san’ati: An’anaviy xonandalik

Kafedra magistratura mutaxassiligi

  • 5A150601 – Vokal san’ati: An’anaviy xonandvlik

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr yo‘nalishi uchun

  1. Ansambl sinfi (An’anaviy xonandalik)
  2. An’anaviy yakka xonandalik
  3. Ovozni yo‘lga qo‘yish
  4. Shashmaqom g‘azallari taxlili
  5. An’anaviy ijrochilik san’ati tarixi
  6. Cholg‘u sozlarini o‘rganish
  7. Ansambl bilan ishlash uslubiyoti
  8. An’anaviy xonandalikni o‘qitish uslubiyoti
  9. Saxna madaniyati

Magistratura mutaxassisligi uchun

  1. An’anaviy xonandvlik
  2. Xonandalik ansambli maxorati
  3. An’anaviy ijrochilik tarixi
  4. Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti
  5. Ijro dasturini tayyorlash

Kafedra professor-o‘qituvchilari

  1. Yo‘lchieva Munojat – kafedra mudiri katta o‘qituvchi
  2. Xudoynazarov Matnazar – professor
  3. Tojiboev Maxmud – dotsent
  4. Suyunova Zamira – dotsent
  5. Bo‘rieva Komila – dotsent
  6. Karimova Maxfuza – dotsent v.b.
  7. Matyakubov Shavkat – dotsent v.b.
  8. Ro‘zmatov Erkin – katta o‘qituvchi
  9. Pirmatova Nodira – katta o‘qituvchi
  10. Solixova Muxabbat – katta o‘qituvchi
  11. Shamurotova Moxichexra – o‘qituvchi
  12. Ulasheva Mamlakat – o‘qituvchi

Kafedraning sobiq professor-o‘qituvchilari

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zDK xuzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi
  • Toshkent Madaniyat kolleji
  • O‘zbekiston davlat teleradiokompaniyasi
  • O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

Kafedra professor-o‘qituvchularining nashrlari

Ilmiy maqolalar ro‘yxati

  1. “Yosh xonandalar talqinida so‘z talaffuzi muammolari” O‘zbekistonda zamonaviy musiqa san’ati muammolari to‘plam, T. “Musiqa” 2006 y. 22-24 b.
  2. Z. Suyunova. “Allaning mo‘jizasi” teatr jurnali T: 2004 y. 41-bet
  3. K. Bo‘rieva. Komuna Ismoilova xayoti va ijodi. “O‘rganganimizni o‘rgatamiz” T. 2011 y. 42- b.
  4. K. Bo‘rieva. “Atoqli xonanda Xadya Yusupova” teatr jurnali T. 2008 y. 62-63 b.
  5. M. Karimova. “Ogoxlikka da’vat” 2015 y. 216-b.
  6. M. Shamurotova. “Bir kishilik teatr xalfachilik talqinida” teatr jurnali T. 2017 y. 39-b.
  7. M. Shamurotova. “Toriga bulbul qo‘ngan xofiz” O‘zDK yilnomasi T. 2015 y. 37-b.

Monografiyalari ro‘yxati

  1. Xudoynazarov M.  “Qalb navolari”  Monografiya.T.2011 y.29,5 b.t. Hammualliflikda

O‘quv-uslubiy ishlar ro‘yxati

  1. Yo‘lchieva M. “An’anaviy yakka xonandalik” (hammualliflikda). – O‘quv qo‘llanma.       –    T.: FTM-Nashr, 2017. – Shartli 13,75 b.t. – 111 b.

2  “An’anaviy xonandalik” (Alla- mexr qo‘shig‘i) – O‘quv uslubiy qo‘llanma T.: 2016 y. 12 b.t.

  1.   M. Karimova. “Xojiniyoz va Girya” turkumlari – O‘quv qo‘llanma – T.: 2014.- Shartli                                                               5,88 b.t. 74 b.
  2.  Sh.Matyoqubov, B.Do‘stmurodov – “Xalq hofizlari”, T.-2011;
  3. Z. Suyunova. “G‘anijon Toshmatov” (Monografik) – O‘quv qo‘llanma – T.: O‘zDKTN, Nashr 2009. –Shartli 9,0 b.t.77 b.