Akademik xor dirijorligi kafedrasi

 

Кadirova Sevara Pulatovna

Ilmiy darajasi va unvoni: Professor

Lavozimi:  Kafedra mudiri

Qabul vaqtlari:   Har kuni

Tel.: +99871 239-46-53

 

 

Bakalavriat yo’nalishi:

5150500 – Dirijyorlik (akademik  xor dirijorligi)

Magistratura yo’nalishi:

5А150501- Dirijyorlik (akademik  xor dirijorligi)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo’nalishida o’qitiladigan fanlar:

  • Akademik xor dirijyorligi san’ati  
  • Yakkaxonandalik                                                                                        
  • Xor sinfi
  • Xorshunoslik
  • Xor partituralarni o‘qish              
  • Xor aranjirovkasi
  • Xonandalik uslubiyoti asoslari
  • Xor musiqasi tarixi
  • O’zbek xor adabiyoti                                                                                                   
  • Xor bilan ishlash uslubiyoti                                                                        
  • Хor fanlarini oʽqitish uslubiyoti                 
  • Xor dirijorligining pedagogik asoslari
  • Xor fakturasi evolyusiyasi

Magistratura yo’nalishida o’qitiladigan fanlar:

  • Xor dirijyorligi maxorati
  • Yakka xonandalik maxorati
  • Xor aranjirovkasi mahorati
  • Xor bilan ishlash mahorati
  • Magistrlik dissertatsiyasi

Xakimova Afrida Xodjaevna

Professor

Shamaxmudova-Barno-Valievna

Professor

Shanazarova Barno Abduraximovna

Dotsent

Matsinova-Diloram-Fazilovna

Dotsent v.b

Qobilova Gulmira Shuhratovna

Katta o’qituvchi

Shokarimov O‘ktamjon Ibragim o‘g‘li

Katta o’qituvchi

Akademik xor dirijyorligi kafedrasi dastlabki paydo bo‘lgan yillardan boshlab xor san’atini faollik bilan targ‘ib qilib kelmoqda.  Kafedra birlashgan jamoa a’zolari hamkorligida zamonaviy texnologiyalarni ishlatib, yangilangan adabiyotlar bilan foydalangan holda, yuqori malakali xormeyster kadrlarni tayyorlab berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Xor dirijyorligi kafedrasining talabalari xor san’atiga oid keng miqyosdagi bilimlarni, ya’ni: dirijyorlik texnikasi, amaliy ish malakalari, tarix va nazariy ma’lumotlar, aranjirovkaning zamonaviy usul va vositalari, xor partituralani o‘qish, xor pedagogikasi tamoyillarini egallab olishadi. Kafedraning bitiruvchilari professional xor jamoalarida, kollej, litsey, bolalar musiqa maktablarida, havaskorlik jamoalarida muvaffaqiyatli ish olib borishmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor M.Semyonov tashabbusi bilan 1944 yilda ushbu kafedraga asos solindi.

Turli yillarda kafedrada V.Veselova, A.Pavlinova, Z.Ievskaya, Sverdlov nomli teatr va balet bosh xormeysteri N.Prisyolkov, Leningrad konservatoriyasi bitiruvchisi V.Knyazyatovlar samarali va fidokorona faoliyat yuritishdi.

Keyinchalik, kafedrada teatr va balet xormeysteri L.Shamshin (dirijyor, xor kafedra bitiruvchisi), Ye.Kenzer, I.Kalnitskaya, S.Valenkov, A.Vasileva, Ye.Gudkova, E.Melik-Karamyan, R.Xublarov, V.Kaltman, Ye.Nechaev, M.Polonskiylar xor dirijyorligi ta’lim va san’at rivojiga katta hissa qo‘shdilar.

1960-70 yillarda kafedra o‘qish davrida o‘zini ko‘rsatgan bitiruvchilar B. Umidjonov, N.Qoziev, M.Azimov, S.Shodmonov, E.Belova, D.Qurbanova, Sh.Ro‘ziev, S.Maxmudova, I.Tverdoxlebova, N.Baxritdinova, A.Hakimova, L.Djumaeva, N.Sharafieva, B.Shamaxmudova,  I.Chernikova, T.Mamikonyanlar bilan boyitildi.

Ayni paytda kafedrada s.f.n., professor – A.Xakimova, professorlar – L.Djumaeva, N.Sharafieva, N.Baxritdinova, B.Shamaxmudova, dotsentlar – S.Kadirova, Yu.Xusnitdinova, dotsent v.b.lar -T.Mamikonyan, B.Shaxnazarova, katta o‘qituvchilar – M.Aripov, D.Matsinova, O‘.Shokarimov, o‘qituvchi G.Avxadieva.

Kafedrada o‘rindoshlari: dotsent G.Mansurova, o‘qituvchi X.Imamova, A.Navoiy nomidagi DAKT solistlari R.Smirnix, А. Yudina, R.Xasanovlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedra a’zolarining asosiy maqsadlaridan biri bu – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarining o‘quv, ilmiy va kontsert faoliyatini rivojlantirishdir. Hozirgi kunda xor dirijyorligi talabalar xoriga professor L.Djumaeva, dotsent S.Kadirovalar rahbarlik qilishmoqda, xormeysetrlar – katta o‘qituvchi  O‘.Shokarimov, o‘qituvchi G.Avxadieva.

So‘nggi mustaqillik davrida talabalar jamoasining qator xalqaro loyihalarda (Konrad Adenauer fondi, Germaniya, Frantsiya, AQSh, Isroil, Rossiya elchixonalari hamkorligida) ishtirok etish an’analari rivojlantirilmoqda. Ular tomonidan tayyorlangan prem’eralar poytaxt madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xor jamoasi M.Burhonov, B.Umidjonov, S.Boboev, S.Yudakov, M.Ashrafiy, M.Bafoev, R.Abdullaev, H.Rahimov, F.Yanov-Yanovskiy, D.Omonullaeva, O. Abdullaeva,  P.Medyulyanova kabi kompozitorlarimiz asarlarini ham ijro etishmoqda.

Shuningdek, xor dirijyorligi kafedrasi Respublikadagi xor hayoti barcha qirralarning markazi hisoblanadi, xor ijrochiligining o‘sib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘povozli xor kuylash san’atini ommaviylashtirishning hamisha yangi usul va shakllarini izlab kelmoqda va O‘zbekistonda xor san’atini kelajakdagi rivojlanish yo‘llarini belgilab beradi.

Kafedraning rivojiga hissa qo‘shgan pedagoglar:

1.      Semenov Mixail Nikolaevich – professor

2.      Knyazyatov Valentin Ivanovich – professor

3.      Kenzer Yelena Mixaylovna – professor

4.      Gudkova Yekaterina Akilovna – professor

5.      Vasileva Alevtina Borisovna – professor

6.      Melik –Keramyan Elga Artovazovna – professor

7.      Nechaev Yevgeniy Viktorovich – professor

8.      Kaltman Vladimir Fyodorovch – dotsent

9.      Pavlinova Angelina Vladimirovna – dotsent

10.    Xublarov  Richard Yefremovich – dotsent

11.    Polonskiy Mixail Borisovich – dotsent

12.    Azimov Murtaza Shakirovich – dotsent

13.    Kaziev Nugman Inamovich – dotsent

14.    Tverdoxlebova Inna Sergeevna – dotsent

15.    Belova Elvira Georgievna – dotsent

 

O‘quv qo‘llanma va darslik ro‘yxati:

  1. Sharifieva N.S. “Xor sinfi” O‘quv qo‘llanma, Renessans press 2024
  2. X.Xakimova “Xor fakturasi evolyusiyasi” O‘quv qo‘llanma, Musiqa 2023
  3. Djumaeva L.X. “Xor bilan ishlash mahorati” O‘quv qo‘llanma, Musiqa 2023
  4. Matsinova D.F “Изучение педагогического репертуара”. O‘quv – uslubiy qo‘llanma, Fan ziyosi 2023
  5. Kadirova S.P. “ Xor dirijyorligi mahorati”. O‘quv qo‘llanma, Fan ziyosi 2022
  6. Shokarimov O‘.I. “Yosh kompozitorlarning bolalar uchun yozgan asarlari” nota to‘lami T.2022
  7. Sharifieva N.S. “O‘zbekiston taronalari” qayta to‘ldirilgan nashr, Renessans press 2024
  8. Matsinova D.F “Xor dirijorligining pedagogik asoslari”. O‘quv qo‘llanma, Fan ziyosi 2021
  9. Shamaxmudova B.V., Avxadieva G.Sh.”Xor partitularini o‘qitish”. O‘quv qo‘llanma, Musiqa 2021
  10. Sharafiyeva N.S., Shokarimov O‘.I. “Xor aranjirovkasi” “Yosh avlod matbaa” T.2021
  11. Sharafiyeva N.S., Shokarimov O‘.I. “Xor aranjirovka mahorati” “Yosh avlod matbaa” T.2021
  12. Xusnitdinova Yu.M. “O‘zbek xor adabiyoti” darslik T.2020
  13. Kadirova S.P. “ Xorshunoslik”. Darslik, Musiqa 2019
  14. Kadirova S.P. “Akademik xor dirijyorligi san’ati”. O‘quv qo‘llanma, Musiqa 2018
  15. Shaxnazarova B.A. “Xonandalik uslubiyoti asoslari” O‘quv qo‘llanma, Musiqa 2018
  16. Shokarimov O‘.I. “Vatanjonim-vatanim” elektron nota to‘plami T.2018
  17. Mamikonyan T.A. “Yakka xonandalik”. O‘quv qo‘llanma Т.2017
  18. Shamaxmudova B.V., Kadirova S.P. “Musiqiy malumotnoma” T.2016
  19. Xusnitdinova Yu.M. “Xor dirijyorligi”yirik janlarni repertuarga kiritish. T.2016
  20. Shamaxmudova B.V. “Xor fanlarini o‘qitish uslubiyoti” .Darslik. T.2016
  21. Xakimova A.X. “Музыкальная культура древнего согда и гаты Заратуштры” Monografiya.T.2015
  22. Kadirova S. P. “Xorshunoslikning boshlang‘ich kursi”. O‘quv qo‘llanma. T.2015
  23. Mansurova G.Sh. “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im” T. 2015
  24. Sharafieva N.S. «O‘zbekiston taronalari” O‘quv qo‘llanma. T.2014
  25. Kadirova S.P. “Zamonaviy xor musiqasida fakturaning o‘ziga xos xususiyatlari” uslubiy qo‘llanma T. 2012
  26. Shamaxmudova B.V. “ Xor fanlari o‘qitish metodikasi” O‘quv qo‘llanma. T.2012
  27. Shaxnazarova “Talabalar kuylaydi”, Mumtoz so‘z, Т. 2012
  28. Shamaxmudova B.V. “Xor lug‘ati” O‘quv qo‘llanma. T.2009
  29. Xakimova A.X.- tarjima,izohlar “Piter Klark.Zoroastrizm.”T. 2010
  30. Mamikonyan T.A. “ Работа с высокими женскими голосами ” O‘quv qo‘llanma. T. 2010
  31. Nechaev Ye.V. “Сказочные облака” O‘quv qo‘llanma. T. 2010
  32. Nechaev Ye.V. “Работа с любительским хором ” O‘quv- uslubiy qo‘llanma. T. 2008
  33. Tverdoxlebova I.S. “Из истории хоровой музыки ХХ века”. O‘quv- uslubiy qo‘llanma. 2007
  34. Mamikonyan T.A. “ Арии из классических ораторий в классе вокала ” O‘quv qo‘llanma. T. 2006
  35. Sharafieva N.S. “Xor sinfi” O‘quv qo‘llanma. T. 2005
  36. Nechaev Ye.V. “Xor aranjirovkasi” O‘quv- uslubiy qo‘llanma. T. 2005
  37. Xusnitdinova
 

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari har bir o‘quv yilida Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda o‘zlarining maqolalarini chop ettirib kelmoqdalar.