RAZZOQOVA MUYASSAR QODIROVNA | ||
Ilmiy darajasi va unvoni | Professor | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Chorshanba –Juma 10: 00 dan 15:00 gacha | |
Tel.: | +99890-000-00-00 | |
E-mail: |
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat konservatoriyasini O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi 2002 yil 16 apreldagi № 3052-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda o‘zbek xalqining milliy musiqa merosi negizida musiqa san’atini rivojlantirish, sifat jixatidan yangi musiqiy ta’lim tizimini yaratish, yuqori malakali san’at kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 05.09.2002 yil 315-sonli qaroriga asoslanib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida yangidan bunyod bo‘ldi. Toshket davlat konservatoriyasi tashkil topgan “Yakka xonandalik” kafedrasi xozirgi kunda «Akademik xonandalik va opera tayyorlovi » kafedrasi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz tomonidan musiqa san’atini jumladan milliy va opera sanatining rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgani bois kafedra miqyosida ham bir qator ijobiy islohatlar amalga oshirildi. Ijobiy o‘zgarishlar natijasida fakultet nomi 1992 yildan boshlab “Akademik xonandalik” “Akademik xonandalik opera simfoniya” 2016 yildan boshlab “Akademik xonandalik va opera tayyorlovi ” kafedrasi deb yuritila boshlandi.
Bugungi kunda opera san’atining taraqqiyoti, estrada sohasidagi malakali kadrlar tayyorlash masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. “Akademik xonandalik va opera ijrochiligini, professional darajaga ko‘tarish, xonandaning o‘ziga xos va mos maktabini yaratish va rivojlantirish yo‘lida shu qisqa vaqt ichida katta ijobiy ishlar amalga oshirildi. Misol sifatida birgina talabalar qabuliga o‘quv yillari kesimida qaralsa, bu sohaga qanchalik katta e’tibor berilayotganiga amin bo‘lamiz.
Kafedrada yangi avlod o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Professor M. Razzoqova Kiril va lotin yozuvida «Akademik xondalik asosririga kirish» kitobini tayyorladi va chop etdi. Dotsent soy S.A va dotsent Muhamedova G.I. Shveytsariya rivojlanish va hamkorlik agentligining ko‘magida keng ko‘lamli amaliy tajriba asosida » XVIII – XX asrlarning kontsert vokal janrlari» o‘quv qo‘llanma chop etdi. Konsert aria. Faqatgina kantatalar. Vokal balladasi. «Bir nechta darslik va o‘quv qo‘llanmalari litsenziya va magistr talabalariga nashr etish uchun tayyorlandi.
Xozirda Professor M. Razzoqova o‘quv qullanma, professor Muxamedova Gulshan Xakimovna monografiya, v.v.b professor Muxamedova Galina Iminovna o‘quv qo‘llanma, dotsent soy Sofya Anatolevna o‘quv qo‘llanma, v.v.b dotsent Tursunov Egamberdi Ergashovich va o‘qituvchi Pardaeva Nilufar Suvonovna xammualliflikda o‘quv qo‘llanmalari nashrga berilgan. Bundan tashqari Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining yetakchi solislari xam talabalarga dars berib kelmoqdalar. Radjabov A.A.Jalilov I.T. Sultonov N.N Gafurov Sh.F., Azizova G.K.,Bog‘ryanskaya Ya.Yu., Shaverdova E.I, lar xam o‘z bilimlarini talabalarga ulashib kelmoqdalar.