Akademik ijrochilik fakulteti

XIMMATOV DAVLAT AXATQULOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Tel.: 71 244 – 28 – 29
E-mail: Dkhimmatov@mail.ru

Fakultetning qisqacha tarixi:

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3178-sonli qarori asosida “Akademik ijrochilik” fakulteti tashkil qilindi. Fakultetda shu kunga qadar 5150600-“Vokal san’ati (akademik xonandalik)”, 5150600-“Vokal san’ati (xor xonandaligi)”, 5150500-“Dirijyorlik (akademik xor dirijyorligi)”,5150700-“Cholgu ijrochiligi (хalq cholgulari) ta’lim yо‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda.Hozirgi kunda mutaxassislik kafedralarida Musiqa san’atining taniqli va yetakchi namoyandalari О‘zbekiston xalq artistlari Muyassar Razzoqova,Ismoil Jalilov, Avaz Rajabov, Normo’min Sultonov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Muqaddas Rizayeva, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Odil Nazarov, Komil Shermatov, Olga Aleksandrova, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Vladimir Neymer milliy musiqa san’atimiz rivoji uchun malakali kadrlar tayyorlab kelmoqdalar.

Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:

  1. 5150600-“Vokal san’ati (akademik xonandalik)”,“Vokal san’ati (xor xonandaligi)”
  2. 5150500-“Dirijyorlik (akademik xor dirijyorligi)”,“Dirijyorlik (opera-simfoniya dirijyorligi)”, “Dirijyorlik (o’zbek хalq cholg’ulari orkestri dirijyorligi)”, “Dirijyorlik (harbiy orkestr dirijyorligi)”, “Dirijyorlik (esrtada orkestri dirijyorligi)”
  3. 5150700-“Cholgu ijrochiligi (хalq cholgulari) ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar

Fakultet tarkibida 4 ta kafedra mavjud.

  1. Akademik xonandalik va opera tayyorlovi;
  2. Xalq cholgularida ijrochilik;
  3. Xor dirijyorligi;
  4. Orkestr dirijyorligi.

Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yо‘lga qо‘yilgan.Shuningdek, fakultet professor-о‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli olim va mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinib ta’limning zamonaviy inter faol uslublari о‘rganiladi. Fakultetda xorijiy musiqa san’ati muassasalari bilan ham innovatsion hamkorliklar yо‘lga qо‘yilgan: Jumladan Italiya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari,  tanishuv, suhbat va muloqotlar muntazam tashkil qilinadi.

Fakultetda kо‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqaro va Respublika tanlov ig‘oliblari tahsil olgan va olmoqda.

“Akademik ijrochilik” fakultetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga tо‘liq mos bо‘lishi uchun harakat qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yо‘lida talabalarga musiqa san’ati sirlarini о‘rgatib kelayotgan professor-о‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi yо‘lga qо‘yilgan va kelajakda bu о‘z mevasini berishi shubhasiz.