Besh tashabbus amalda

Besh tashabbus amalda

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o‘qituvchilari M.Dehqonova, Z.Palibaeva B.Abdujalilov, TTJ mudiri R.Kushakov, pedagog-tarbiyachi O‘.G‘ulomov, talabalar kengashi raisi R.Adullaev, hotin-qizlar kengashi rasi N.Shoxobiddinova hamda 50 nafar talaba-yoshlar bilan

joriy yilning 24-fevral kuni  konservatoriyaning 8-son Talabalar turar joyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbus bo‘yicha shaxmat-shashka, o‘g‘il bolalar o‘rtasida yotgan xolatda shtanga ko‘tarish, brusga tortinish hamda 24 kg og‘irlikdagi tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqa dastlab TTJ musiqa, rassomlik va teatr xonasida qiz bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha birinchilik bo‘lib o‘tdi. Bunda shaxmatga qiziqadigan talaba qizlar o‘rtasida musobaqa juda qizg‘in tarzda o‘tib, birinchilikni 4-bosqich talabasi N.Shoxobiddinova egalladi.

Shundan so‘ng qiz bolalar o‘rtasida shashka bo‘yicha birinchilik uchun musoboqa davom etib, keskin kurashlar ostida o‘tib, birinchi o‘rinni 3-bosqich talabasi M.Tojiboeva qo‘lga kiritdi.

TTJ jismoniy madaniyat xonasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida yotgan xolatda shtanga ko‘tarish, brusga tortinish hamda 24 kg og‘irlikdagi tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Bu bellashuvlar ham qiziqarli, keskin baxslar ostida o‘tib 24 kg og‘irlikdagi tosh ko‘tarish bo‘yicha birinchi o‘rinni 4-bosqich talabasi R.Abdullaev qo‘lga kiritdi. Yotgan xolatda shtanga ko‘tarish bo‘yicha g‘oliblikni 1-bosqich talabasi M.Mo‘minov egalladi. Brusga tortinish bo‘yicha esa birinchilikni 1-bosqich talabasi J.Do‘stmurodov qo‘lga kiritdi.

8-son Talabalar turar joyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbus bo‘yicha, talabalarnig aqlan, jismonan sog‘lom bo‘lishligi uchun turli xil sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazilib borilmoqda. Albatta bunday sport musobaqalarini o‘tkazilib borilishi talabalarimizning o‘qish va ijodlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi .

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Share

Tavsiya etilgan