Buyuk mutaffakir siymosiga yuksak ehtirom

Buyuk mutaffakir siymosiga yuksak ehtirom

“Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam”. Alisher Navoiy

Bugun 9 fevral – buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi  Alisher Navoiy tavalludiga 580 yil to‘ldi.

Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, shuningdek, ulug‘ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib etish belgilangan edi.

Erta tongda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari adiblar hiyoboniga tashrif buyurib, Navoiyxonlik adabaiy – badiiy tadbir o‘tkazdilar. So‘z mulkining sultoni hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz rivojida ham alohida o‘rin egallashi xususida so‘z yuritildi. Tadbirni madaniy qismida talabalar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azzallari o‘qilib, xor jamoasi chiqishlari, ariyalar va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek Navoiy va Guli obrazlari gavdalantirildi. Shundan so‘ng Navoiy majmuasi poyiga gulchanbar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.

Buyuk mutafakkir shoir va alloma Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar  hafta davaomida davom etada. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarimizda ulug‘ ajdodlarimiz ijodiga bo‘lgan ehtiromni shakllantirish hamda xalqimiz adabiy merosini saqlash yo‘lida xizmat qiladi.

 

Share

Tavsiya etilgan