«Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi

Shu kunlarda 2021 yilga moʼljallangan «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi loyihasining umumxalq muhokamasi oʼtkazilmoqda.

Davlat dasturi loyihasi jami 276 banddan iborat boʼlib, mazkur hujjat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 29 dekabrь kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy gʼoya va takliflar hamda 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqilgan.

25 yanvarь kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi koʼmagida «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi loyihasining oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirokidagi muhokamasiga bagʼishlangan onlayn-seminar oʼtkazildi. Unda Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi F.Qurbonova bilan birgalikda faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Onlayn seminarni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov kirish soʼzi ochib berib, 2021 yilgi davlat dasturi loyihasining muhim jihatlari, xususan, unda belgilanayotgan yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan choralar, dastur loyihasini umumxalq muhokamasidan oʼtkazish jarayonidagi yangiliklar va maʼlumotlar haqida yigʼilganlarni batafsil tanishtirib oʼtdi hamda barchani muhokamalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

OʼzDK Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi.

Share

Tavsiya etilgan