Respublika OTMlarining yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektorlari anjumani

Respublika OTMlarining yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektorlari anjumani

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yurtimizdagi OTMlarning yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektorlari hamda Kasbiy taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining masʼul xodimlari uchun ikki kunlik oʼquv-seminari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida boʼlib oʼtgan oʼquv seminari OTMlarda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada takomillashtirish, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʼzbekiston Oliy Majlisiga Murojaatnomasini keng targʼib qilish mavzuciga bagʼishlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga yoʼllagan Murojaatnomasida joriy yilda oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar qayd etildi. Mazkur jarayonlarda, avvalo, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektorlar jonbozlik koʼrsatishlari kerak.

Respublikamizdagi oliy oʼquv yurtlari prorektorlari ishtirokida tashkil etilgan oʼquv seminarida ana shular haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilari eʼtiboriga institut professor-oʼqituvchilar, Oʼzbekiston xalq artisti, Oʼzbekiston xalq hofizi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlari, Аlisher Navoiy nomidagi Davlat Аkademik katta teatri solistlari tomonidan tayyorlangan kengaytirilgan kontsert dasturi namoyish etildi

Share

Tavsiya etilgan